Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
23-bob. Junub kishining (uyatdan) terlagani va mo‘min kishining yuvuqsiz
yurmasligi xususida
Abu Rofi’ bunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamga junub holda yo‘liqib qoldi. U Rasulullohdan o‘zini
chetga
olib, sekingina g‘oyib bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng g‘usl qilib, qaytib kelganida: «Qaerda eding,
ey Abu Hurayra?»—dedilar. «Junub edim, siz bilan nopok holda o‘tirmoqni lozim
ko‘rmadim»,— dedi Abu Hurayra. Shunda: «Subhonalloh, mo‘‘min kishi, hech vaqt
nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
Dostları ilə paylaş: