Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
yechib yelkalariga qo‘ydilar hamki, hushlaridan ketib yiqildilar (o‘shanda 25 yosh
atrofida erdilar). Shundan beri hech ham yalang‘och yurmadilar».
9-bob. Ko‘ylak-ishton yoki kalta ishton va chopon kiyib namoz o‘qimoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi
turib Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamdan bir kiyimda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. Jaiob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning ikkitadan kiyimingiz bormi o‘zi?» — dedilar.
Keyin, bir kishi turib bir kiyimda namoz o‘qish haqida Hazrat Umardan so‘radi. «Olloh
taolo
yengillik bergandan keyin, yengillashtiringiz-da! (kiyimi bitta bo‘lgach, . o‘sha bitta
kiyimda namoz o‘qiyveradi, bordiyu ikkita bo‘lsa, almashtirib kiyib olib o‘qisa, afzalroq)
Kiyimi ko‘p bo‘lsa, izor va ridoda, izor va ko‘ylakda, izor va choponda,
shim yu ridoda,
shim va ko‘ylakda, shim va choponda, kalta ishton va choponda o‘qisin!» — dedilar».
«Umar talta ishton va ridoda o‘qisin, deb aytganligiga shubham bor»,—
deydilar Abu
Hurayra. Shihobuddin Qastaloniy: «Agar rido uzun bo‘lib, tizzani yopib tursa, kalta
ishtonda namoz o‘qisa bo‘lur»,— deydilar.
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Hajga
ehrom bog‘lagan kishi ne qilg‘aydir?» — deb so‘radi. «Ko‘ylak-ishton ham,
burnus ham
kiymag‘aydir. za’faron va sariq rangli mato ham kiymag‘aydir (o‘ramag‘aydir). Kimki
kovush singari to‘pig‘dan
past oyoq kiyim topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past
qilib qirqib tashlasin!» — dedilar».
Ushbu hadisni Nofi’ (Ibn Umardan eshitib) sal boshkdcharoq riyuyat qilib bergan.
Dostları ilə paylaş: