Kirish ―Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma‘naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga EGA bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix28.11.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#120073
  1   2   3   4   5   6   7
courselab dasturida ishlash texnologiyalari.



Kirish 
―Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma‘naviy sog‘lom o‘sishi, balki 
ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan 
insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib 
voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga 
maqsad qilib qo‘yganmizdegan edi O'zbekiston Respublikasining birinchi 
Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov. Shunday ekan hozirda samarali 
ta‘limning zamonaviy usullarini yaratish yetakchi masalalardan biriga aylangan. 
Bunda multimedia va multimedia mahsulotlarining o‘rni beqiyosdir.
Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‗zgarishlar uning bir qismi 
bo‗lgan elektron darsliklarni yaratish sohasiga ham o‗z ta'sirini ko‗rsatmoqda. Bu 
ta'sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‗layotgan o‗zgarishlar yillar 
ichida emas, balki oylar ichida o‗zgarib va bilim jihatidan boyib bormoqda.
Multimedia – bu bir necha ma‘lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga 
birlashishi, matn, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audio 
fragmentlar va boshqa har xil ma‘lumotlarni raqam ko‘rinishida ishlab chiqish, 
yaratishning dasturiy-apparat vositasidir. Multimediadan foydalanish ma‘lumot 
qabul qilishning yangi va sifatli darajasini ta‘minlaydi.
Ushbu ishning maqsadi elektron darslik yaratish texnologiyalari asosida 
Ta'limda multimedia Texnologiyalari fani kesimida Elektron kurslar yaratish 
texnologiyalariga asoslangan CourseLab dasturi bilan yaqindan tanishib, uning 
imkoniyatlarini chuqur o'rgangan holda yutuq va kamchiliklarini yoritib berishdan 
iborat. 


1. CourseLab dasturining tarixi, asosiy imkoniyatlari va o’rnatilish 
jarayoni
 
CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta‘lim tizimlarida, kompakt 
disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‗ljallangan 
interaktiv ta‘lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‗ljallangan 
kuchli va ishlatish oson bo‗lgan dasturiy vositadir. 
Elektron ta'limiy kurslar muharriri bo'lmish CourseLab WebSoft 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. WebSoft kompaniyasi – zamonaviy 
axborot tizimlari va dasturiy komplekslarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. 
Kompaniya axborot texnologiyalari bozorida 1999 yildan ish boshlagan.
Hozirda CourseLab dasturining CourseLab 3.1 va CourseLab 2.7 versiyalari 
keng qo‘llanilmoqda. Quyida CourseLab dasturining versiyalari tarixi keltirilgan: 
04.09.2006 
Vesiya 2.2
Rasmiy ravishda CourseLab 2.2 versiyasining relizi taqdim etilgan. 
Yangi versiyada ushbu qo'shimchalar qo'shilgan edi: 

Microsoft PowerPoint dan taqdimotlar importi mexanizmi qayta 
ishlangan; 

Avtofiguralarni tahrirlashdagi yangi imkoniyatlar; 

Rasmlarni siqish mexanizmi qo'shilgan; 

Dasturni bezatish temalari yaratildi; 

Interfeysi mukammallashtirildi. 
22.05.2006 
Vesiya 2.1 
Rasmiy ravishda CourseLab 2.1 versiyasining relizi taqdim etilgan. 
Ushbu versiyada: 

Qator o'zgartirishlar; 

Qiyin ko'pobyektli o'zaro aloqalarni yaratishdagi masalalarni 
yengillashtiruvchi ssenariylar mexanizmlari qo'shilgan,
16.04.2006 


Vesiya 2.0 
Rasmiy ravishda CourseLab 2.0 versiyasining relizi taqdim etilgan. 
Kurslarni ko'rish imkonini beruvchi, butunlay qayta ishlangan dastur sezilarli 
darajada tezligi ortgan, Gecko-based brauzerlarini (Mozilla FireFox, Netscape) 
qo'llab- quvvatlanishi yaratilgan edi. Bu versiyada: 

Kurslarni taqdim etish tezlashgan; 

Yaratilgan kurslarni nafaqat Microsoft Internet Explorer brauzeri 
orqali, balki FireFox, Mozilla, Netscape brauzerlari orqali ham 
ko'rish imkoniyati tug‘ilgan; 

Ta‘lim materiallarining almashish standarti SCORM 2004 qo‘llab-
quvvatlangan; 

Obyektlarni ko‘rsatishda vaqt boshqaruvi qo‘shilgan, ―Timeline‖ 
tahrir paneli; 

Taqdim etish effektlarini boshqarish mukammallashtirilgan; 

Yangi mukammal obyektlar qo‘shilgan; 

Obyektlarni yangi bezatish va rang sxemalari qo‘shilgan; 

Modullarning yangi shablonlari qo‘shilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin