yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish
o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Ayni kunlarda respublikamizda
iqtisodiy faol aholining turizm sohasida bandlik ulushi juda ham oz. Bu borada
qishloq aholisining ishtiroki umuman kam.
Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng
rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq
hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo’jalikka ega bo’lib, asosiy
mehnat resurslarimiz qishloq xo’jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz
rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini rivojlantirish
mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar uchun moliyaviy resurs
manbalari o’ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm yuqori
daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar agroturizmni
besh turini ajratishadi:
-
Sport;
-
Madaniy – tanishuv;
-
Fermerchilik;
-
Ish yuzasidan faoliyat;
-
Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil etish asosida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm ilmiy
– texnik hamkorlik, qo’shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda
shakllanadi.
Agroturizmni rivojlantirishni o’ziga xos xususiyatlariga ega. Bularga
quyidagilar hisoblanadi:
-
qishloq joylarida joylashish va ovqatlanish shaharga nisbatan 2-2,5 marotaba
arzonligi;
-
qishloq joylarining ekologik jihatdan tozaligi;
-
ekologik toza ovqat turlarining mavjudligi;
-
etnografik turizm obyekti sifatida, qishloq joylarida milliylikni ko’proq saqlanib
qolganligi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: