Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o’ziga xos bo’lgan tabiiy va landshaft
xususiyatlari rekreasiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik
qismida ya’ni
Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho’l va Jom kabi cho’l
hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin.
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari
hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiiy
manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jinslar shakllari
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob
tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor
(Mingchinor),
Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti
ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz
turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon
daryosi qadimiy turistik
obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan
beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi,
xilma-xil kimyoviy
elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash,
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda
rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi.
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod
va boshqa tumanlari tog’, toqoldi hududlarida tarqalgan bo’lib, ulardan turizm
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Viloyatimiz o’zining go’zal tabiati, o’simlik va hayvonat dunyosi bilan ham
mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. Viloyatimizga
tashrif buyuradigan sayyohlarni tarixiy arxitektura-qurilish inshoatlari,
qadimiy
obidalardan tashqari ming yillik tarixga ega bo’lgan chinorlar va boshqa yashil
daraxtlar beqiyos ko’pdir. Viloyatning tog’, tog’oldi hududida joylashgan
Omonqo’ton o’rmonzorlarida (maydoni 2188 gektar bo’lib, 1887 yilda dastlabki
ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. Omonqo’ton
hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda ko’plab dam olish
zonalari, oromgohlar qurish imkonini beradi. Ammo sayyohlarga Omonqo’ton
havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar yaratish, maxsus
yo’lakchalar qurish lozim bo’ladi. Viloyatning yana
bir qator tumanlarida va
qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar)
hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi yuqori Chor Chinor
(1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi chinor (565 yillik),
Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi
qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy
tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi
betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi
va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni
tashkil qilish uchun qulay
imkoniyatlar yaratadi.
Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va
o’simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli
ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq
88
sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga
qiziquvchi
ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni
talab qiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, bozorlar bilan sayyohlarning tanishishi juda katta
iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq
bozorlari mintaqa va hududning ijtimoiy-iqtisodiy
xususiyatlarini, uning boyligi,
ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an’analarini
o’zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, tarixiy yodgorliklar,
qabristonlar kabi
bozorlar ham sayyohlar uchun juda muhim turistik obyekt bo’lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga ko’tarish va
uni doimo nazorat qilish shu kunning eng muhim muammolaridan biri bo’lib
hisoblanadi.
Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir qator
muammolar borki, ularni bosqichma-bosqich hal etish kelajakda ushbu sohani
mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Chunonchi,
Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm bozorini yaxshi
yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: