madrasasi kabi arxitektura yodgorlik ansambli (Poy Kalon) joylashgan. U XVI asrga
kelib qaytadan ta’mirlandi. Masjid binosida 208 ta ustunlar bo’lib, umumiy maydoni
bir gektardan ortadi. Bu masjid Markaziy Osiyodagi eng
yirik inshoatlardan biri
hisoblanib, Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Mir Arab madrasasi 1536 yilda qurilgan bo’lib, Kalon masjidi bilan birga
tutashib ketgan. Madrasa markaziy qismida Ubaydullaxon qabri, uning bosh qismida
esa Mir Arab qabri joylashgan. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasi hududida Buxoro
diniy bilim yurti faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Shaharda xorijiy sayyohlar diqqatga sazovar joylardan yana biri-bu Ulug’bek
madrasasidir. U 1417 yilda qurilgan. Bu madrasa
buyuk astronom olim Mirzo
Ulug’bek nomi bilan chambarchas bog’liq. Shaharda musulmon olamidagi eng ajoyib
tarixiy yodgorliklaridan biri Ismoil Samoniy maqbarasi bo’lib hisoblanadi. U shu
kunga qadar juda yaxshi saqlanib, bizga yetib kelgan tarixiy obidalardan biridir. Bu
bino o’rta asrning ilk davri me’morchiligining eng yaxshi yutuqlarini o’zida
mujassamlashtirgan inshshotdir.
Shaharda yana bir qator turistik obyektlar borki,
ular qatoriga Madorixon
madrasasi (1566-1567 yillar), Abdullaxon madrasasi (1588-1590), Xo’ja Zayniddin
xonaqasi (shayx Zayniddin qabri), Chashma Ayub mavzoleyi (1330-1385 yillar),
Abdulazizxon madrasasi (1652 yil), Chor Minor madrasasi (1807 yil), Kulba
Ko’kaldosh madrasasi (1568-1569 yillar), Nodir Devonbegi madrasasi (1622 yil),
Sayfiddin Buxarzi mavzoleyi (XV-XVI asrlar), Buyon Kulixon mavzoleyi (1358 yil),
Magohi Attoriy masjidi (XII asr), Toki Zargaron zargarlik bozori rastlari (XVI asr),
Toki Telpak Furushon bosh kiyim (do’ppi) bozori (XVI asr), Toki Sarrafon mayda-
chuydalar (attorlik) bozori (XVI asr), Magoki – Attaron masjidi (XII asr), Labi havuz
ansambli (XVI-XVII asrlar), Ko’kaldosh madrassasi (1622 yil) ni kiritish mumkin.
Shu manzilgohlardan biri Buxoro xonining yozgi
qarorgohi Sitorai Moxi-
Xosadir
. Bu qarorgoh Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy qismida 4 km uzoqlikda
joylashgan yozgi bog’ saroy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida barpo etilgan. Moxi-
Xosa saroyi Sharqona va Yevropa uslubida qurilgan inshoat bo’lib hisoblanadi.
Ikkinchi muhim turistik obyekt-bu Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi bo’lib, u
shahardan chamasi 15 km uzoqlikda joylashgan. Bu majmua XVI asrda qurilgan.
Shahar atrofidagi muhim tarixiy yodgorliklaridan Chor Bakr, Namozgoh masjidi,
Varaxshon saroyi joylashgan.
Turistik rayondagi muhim xorijiy turistik obyektlar qatoriga Qizilqum cho’lini
kiritish mumkin.U eng katta hududni egallab, viloyat turistik yo’nalishidagi eng uzoq
masofali (450 km) marshrut hisoblanadi. Bu marshrut Qizilqum cho’li va Amudaryo
qirg’oqlari bo’ylab o’tadi. Uni avtomobil vositasida sayr qilib o’tish o’zgacha zavq
beradi.
Qizilqumda o’simlik va hayvonat dunyosini asl holida saqlab qolish maqsadida
Buxoro viloyati hududida Qizilqum davlat qo’riqxonasi (1971 yil) tashkil etilgan.
Viloyat
hududida noyob ekzotik, yovvoyi hayvonlarni ko’paytiradigan «Jayron»
ekomarkazi Qorako’l. Qoraqir-maydoni 300 kv.km; Dengizko’l Vardanzi Davlat
tabiat yodgorliklari kabi maskanlar ekoturizm yanada
rivojlantirishga juda katta
imkoniyatlar yaratadi. Mazkur sayyohlik obyektlaridan biri Kogon va Qoraulbozor
tumanlari hududida joylashgan.
90
«Jayron» ekomarkazi bo’lib u, noyob olachipor jayronlarni maxsus o’rchitidigan
ilmiy dargoh bo’lib hisoblanadi. Bu obyekt viloyat turizmida yangi marshrutlar
ro’yxatini kiritish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: