Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo
viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik
markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli
ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha
arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi,
Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox –
Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy
ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan
yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi.
Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri
eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan
bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida
eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar
topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada
Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni
jalb qilmoqda.
Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi.
Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari
rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi
ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda
ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan
Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat
qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek,
bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va
urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir.