Reja: Immunoterapiya to’g’risida ma’lumot



Yüklə 159,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.11.2022
ölçüsü159,19 Kb.
#120199
6-taqdimot



6- Mavzu.Immunoterapiya va Immunoprofilaktika.
Reja:
1.Immunoterapiya to’g’risida ma’lumot.
2.Immunoprofilaktika haqida ma’lumot
3.Infeksiyaga qarshi emlashlar va ularning turlari. 
Immunoterapiya (immunitet... va terapiya) — bemor 
organizmiga vaksinalar, shifobaxsh zardoblar (biopreparatlar) 
yuborib, infeksion kasalliklarni davolash. Bunda organizmga 
kiritilgan vaksina bemorning uz kuchlarini infeksiyaga qarshi 
kurashga safarbar qilishiga turtki beradi. Shifobaxsh 
zardoblar bilan davolashda organizm muayyan infeksion 
kasallik mikrobi yoki shu mikrob toksinlaridan himoya 
qiladigan immun jismlar (antitelolar)ni tayyorgina oladi. Bun-
day holda immunitet 1 — 1,5 oygina sak,lanib turadi. 
Immunoterapiyaga, asosan, utkir infeksion kasalliklar 
(difteriya, kuydirgi va h.k.)da seroterapiya, vaksinoterapiya 
(brutsellyoz, furunkulyoz kabi kasalliklar uzok, chuzilganda) 
va b. kiradi. 


Vaksinoterapiyada avtovaksina va anatoksindan ham 
foydalaniladi. Keyingi yillarda uzoq vaqtgacha 
tuzalmaydigan kasalliklarni, masalan, oʻsmalarni 
nospetsifik silga qarshi vaksina (BSJ) bilan davolash 
ham Immunoterapiyaga kiritildi Immunoterapiya- 
organizm immun tizimi funksiyasini dori moddalar 
va turli vositalar yordamida kuchaytirish, susaytirish 
va o'rnini bosishga yo'naltirilgan davolash va oldini 
olishga qaratilgan soha hisoblanadi 


JSST ga ko'ra davolash va oldini olishning maxsus 
shakllari ishlab chiqilgan: 
-Immunostimulyatsiya 
(immunokorreksiya,immunomodulyatsiya); 
-Immunosupressiya;
-O'rnini bosuvchi terapiya;
-ASIT -Vaksinasiya, immunizatsiya.


Hozirgi kunda immunoterapiya bemorlarda ularning 
kasallikning nofizologik shakllariga, yoshiga, jarayonning 
darajalariga bog'liq holda turli usullarda olib boriladi.
Immunoterapiyaga ko'rsatmalar: 
-birlamchi va ikkilamchi immunodefisit holatlarda;
-allergopatiya;
-autoimmun kasalliklar;
-onkologik kasalliklar (xususan,limfoproliferativ 
kasalliklar);
-yuqumli kasalliklar;
-allotransplantasiyadan keyingi holatlar 
(xususan,"transplantatga xo'jayin organizmining 
qarshiligi" reaksiyalarida);
-regeneratsiya buzilishlari bilan kechadigan 
kasalliklarda. 


Immunoterapiyaning asosiy qoidalari: 
-immun sistemada buzilishlarning namoyon 
bo'lishi(klinik yoki laborator ko'rsatkichlarda); 
-muvofiq keluvchi immunotrop vositalarni qo'llash;
-davolash samaradorligini klinik va alborator 
nazoratqilib borish; 
-olingan natijalarni baholash;
-olingan natijalarni registrasiya va tahlil qilib borish. 
Immunotrop vositalarning samaradorligi
-ularning ayniqsa odam organizmi immun 
sistemasiga selektiv ta'siriga bog'liq.


Immunoprofilaktika (immunitet va profilaktika) — 
amaliy immunologiyantg bir bulimi. Immunitet hrsil 
qilish uchun organizmga vaksina, immun zardob, 
gamma-globulin kabi immunologik preparatlar 
yuborib, infeksion kasalliklarning oldini olish. 
Poliomiyelit, difteriya, qoqshol, qizamiq, sil, ich 
terlama, virusli A va B gepatit kabi infeksion 
kasalliklarga qarshi emlash. Odamning virus 
infeksiyasiga qarshi vaksina topish 
Immunoprofilaktika oldida turgan muhim 
vazifalardan biridir. 


Emlash yoki vaksinatsiya, odam va hayvonlarda 
infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda 
organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki 
gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv 
immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil 
qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda 
organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga 
qarshi faol immunitet rivojlanadi.Emlashda vaksinalarni 
teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, burun va ogʻiz 
orqali yuborish mumkin. Vaksinalar bilan emlash jadvali 
har xil: bir marotaba, ikki, uch marotaba va hokazo. 
Sunʼiy faol immunitet immunizatsiya tugaganidan soʻng 
2—3 hafta oʻtgach paydo boʻladi va oylab, hatto yillab 
saqlanib qoladi. Takror emlash (immunitet darajasi 
susayganda) revaksjatsiya deb ataladi.


Sunʼiy passiv immunitet organizmning himoya 
faoliyatini oshirish, koʻzda tutilgan tegishli yuqumli 
kasallikka qarshi chidamlilik yoki boshlangan 
kasallikning kechishini yengillashtirish maqsadida 
qilinadi. Vir qancha yuqumli kasalliklar (odamlarda 
gepatit V, sil, boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtal, qizamiq, 
tepki, poliomiyelit; hayvonlarda brutsellyoz, 
quturish, oʻlat, oqsim va boshqalar) ga qarshi rejali 
ravishda; ayrim yuqumli kasalliklar (gripp, ich 
terlama, kuydirgi, tulyaremiya va boshqalar)ga 
qarshi esa epidemiologik zaruriyat boʻyicha 
emlanadi (Shuningdek qarang: 
Immunoprofilaktika).


Emlash poliklinikalarda yoki emlash markazlarida 
maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan 
vrach nazoratida oʻtkaziladi. Bolani emlashdan avval 
uning gavda harorati oʻlchanadi va qanday 
kasalliklar bilan ogʻriganligi soʻrab surishtiriladi; 
vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni emlash 
mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi. 
Yuraktomir, markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan 
tuzalgan yoki surunkali kasalliklari bor bolalar 
tegishli mushassislar koʻrigidan oʻtganidan soʻng 
emlanishi lozim. Bola emlanganda baʼzan kuchli 
reaksiya yuzaga keladi, shuning uchun emlangandan 
keyin u maʼlum bir vaqt davomida vrach nazoragada 
boʻlishi kerak.


Emlash mahalliy va umumiy taʼsir koʻrsatishi, yaʼni 
emlangan joy sal qizarishi, shishishi, ogʻrishi, harorat 
koʻtarilishi va umumiy darmonsizlik kuzatilishi mumkin. 
Emlangan bola juda bezovtalansa, qattiq isitmalasa darhol 
vrachga murojaat qilish zarur.Bolalar yoki kattalarning 
emlanganligi haqidagi maʼlumotlar ularning tibbiy 
hujjatiga qayd etiladi. Otaonalar bolasiga qanday emlash 
oʻtkazilganini va qaysilari qachon qilinishi kerakligini 
yaxshi bilishlari, shuningdek, E.ning belgilangan 
muddatda oʻtkazilishiga amal qilishlari zarur, chunki oʻz 
vaqtida oʻtkazilgan emlash juda yaxshi naf beradi.Hugungi 
kunda respublikamizda koʻpgina ogʻir kechuvchi yuqumli 
kasalliklarga qarshi rejali ravishda va epidemiologik 
holatlarga qarab bolalar va xavfli guruhga kiruvchi katta 
kishilar davlat tomonidan bepul emlanadi. Oʻtkazilgan 
choratadbirlar tufayli Oʻzbekiston hududida shol kasalligi 
oxirgi yillarda qayd etilmayapti, shuningdek, boʻgʻma, 
qizamiq, tepki, gepatit V kasalliklari bolalar orasida keskin 
kamaydi 


Etiboringiz uchun rahmat 

Yüklə 159,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin