Методичка O„zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix02.12.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#120338
növüЛабораторная работа
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
ssWL97f96rfBn9UDqVyfDstpls1QI7qkbdHroAcu

Dastur natijasi
Familiyani kiriting: Axmadaliyev 
 Axmadali 
 
Nazorat savollari 
 
1. Ma‟lumotlar toifasi tushunchasi nima va nima uchun ma‟lumotlar 
toifalanadi? 
2. Qanday ma‟lumot toifalarini bilasiz? 
3. Oddiy va sozlangan toifalarni tushuntiring. 
4. Struct va vector toifalarini tushuntiring. 
5. Class va massivlar qanday e‟lon qilinadi? 
 
Topshiriq 
Variantlar: 
1. Berilgan sonlar ketma-ketligidagi maksimal va minimal elementlarning 
o„rnini almashtiring. 
2. Berilgan sonlar ketma-ketligidagi har bir elementni o„zi, o„zidan oldingi 
va o„zidan keyingi element bilan yig„indisiga almashtiring.
3. k-darajagacha bo„lgan Nyuton binomi sonlaridan vektor hosil qiling. 
Nyuton binomi sonlari quyidagicha aniqlanadi. 


31 
1 1 
1 2 1 2
1 3 3 1 3 
1 4 6 4 1 …
1 5 10 10 5 1 k 
4. nxn matritsaning yuqori chap uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil 
qiling 
5. nxn matritsaning yuqori o„ng uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil 
qiling 
6. nxn matritsaning pastki o„ng uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil 
qiling 
7. nxn matritsaning pastki chap uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil 
qiling 
8. Matritsani matritsaga ko„paytiring 
9. Jadval hosil qiling va unga ma‟lumotlarni kiriting, ekranga chiqaring. 
10. Talabalar ism-familiyasi, yoshi va ballaridan iborat jadval yarating va 
talabalarni ism-familiyasini alfavit bo„yicha tartibga keltiring. 
11. 10-variantdagi jadvaldan bali bo„yicha eng katta va eng kichik 
talabalarning o„rnini almashtiring 
12. 2 ta bir xil tipdagi jadval berilgan. Ikkala jadvalni o„zaro solishtiring va 
aynan bir xil bo„lgan yozuvlarni o„chiring.
13. Birlashma tipidagi (tipda 2 ta element e‟lon qiling) 2 ta o„zgaruvchini 
bir-biridan farqli elementlariga qiymat bering va ularning yig„indisini ikkala 
o„zgaruvchining qiymat berilmagan elementlariga o„zlashtiring. Har ikkala 
o„zgaruvchining barcha elementlarini ekranga chiqaring va natijani tushuntiring. 
14. Avtomobil nomli klass yarating va unda turli o„zgaruvchi va funksiyalar 
yarating. Ushbu klassdan foydalanib, turli markali avtomobillar uchun 
o„zgaruvchilarni yaratib, ular haqida ma‟lumotlar kiritib, ekranga chiqaring. 
15. Berilgan matnli fayldan simvollarni o„qib, ekranga chiqaring va 
raqamlarni ajratib ko„rsating. 


32 
16. Berilgan matnli faylda a harfi necha marta qatnashganini sanang. 
17. Berilgan matnli fayldagi satrlar sonini aniqlang. 
18. Talabalar ism-familiyasi, yoshi va ballari maydonidan iborat klass 
yarating va talabalar ro„yhatini tuzing. So„ralayotgan talaba ro„yhatda bor 
yo„qligini aniqlang. 
19. Oy nomlaridan iborat sanaladigan toifa yarating. So„ralayotgan oy qaysi 
faslga tegishliligini aniqlang. 
20. Mahsulot nomlaridan iborat elementlar va ularning qiymati sifatida 
narxlari kiritilgan sanaladigan toifa yarating. So„ralayotgan narxda qanday 
mahsulot yoki mahsulotlar to„plamini xarid qilsa bo„ladi, shuni aniqlash dasturini 
tuzing.
21. Kiritilgan ismning harflarini alfavit bo„yicha tartibga keltiring. 
22. Satrli toifadagi vektor berilgan. Bir xil qiymatdagi elementlarni aniqlang, 
ekranga chiqaring.
23. Berilgan ismlardan imlo qoidasiga mos ravishda familiyalar hosil qiling. 
24. Berilgan satrda nechta undosh harflar borligini aniqlang. 
25. Berilgan satrdagi sonlar yig„indisini aniqlang. 
26. F faylda berilgan satr necha marta uchrashini aniqlang. 
27. G fayldan nusxa ko„chiring. 
28. F fayldan matritsa hosil qiling, ya‟ni fayldagi har bir qator matritsaning 
satri va qatordagi „#‟ belgisi bilan ajratilgan satrlar ustunlar qilib belgilansin. 
29. Matritsaning juft va toq elementlaridan 2 ta vektor hosil qiling. 
30. Massivdagi tub sonlarni va indekslarini ekranga chiqaring.


33 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin