shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning
me’yoriy asoslari
Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar
asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va
auditni yo‘lga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar
(Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar)
tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning
103
o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi
va amalga oshiriladi.
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga
muhim e’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq
me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy
asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z maqsadlaridan kelib
chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya
xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
-
xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
muhim
samaradorlik
ko‘rsatkichlarini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash;
Norasmiy asoslarda o‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng
doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili;
- moliyaviy barqarorlik tahlili;
- to‘lov layoqati va likvidlik tahlili;
- ish va bozor aktivligi tahlili;
- pul oqimlarining tahlili;
- xususiy kapital tahlili;
- foyda va zararlar tahlili;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili;
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili;
- investitsion faoliyat tahlili;
- soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili;
- logistik tahlil va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda
bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy
manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi.
Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚
104
shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining
qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim
dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy
tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda;
moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi
boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda;
moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda
qo‘l keladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga
qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy
tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv
xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda
alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil
etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta
bosqichi tarkiblanadi: tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish
tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash,
ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni
aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish.
Tahlil
etishning
metodologik
asoslari
ko‘pincha
huquqiy
manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini
o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar
ishlari Qo‘mitasi qarori;
105
“Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini
joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual
asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida
quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik
subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi
o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi:
investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish;
xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati
bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar
organlarning ishiga baho berish.
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik
yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning
moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit
o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul
mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini
prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi
subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash,
iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd
etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha
axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun
qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy
nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy
iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash
tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini
o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti; o‘z
106
aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti; korxona aktivlari
va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan
quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘z mablag‘lari va qisqa
muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti; ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish
koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish
to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya
etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar,
soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat
va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi;
aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi;
aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik koeffitsiyenti; moliyaviy
mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi;
debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga
qobillik) koeffitsiyenti; dividend to‘lash koeffitsiyenti; debitorlik
majburiyatining kamayish koeffitsiyenti.
2.
Samaradorlikning
qo‘shimcha
ko‘rsatkichlari:
asosiy
vositalarning eskirish koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash
koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; energiya samaradorligi
(mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot
tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga
xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish
xarajatlari salmog‘i; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti; rejalashtirilgan
investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlarni ishga tushirish
koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e’lon
qilish va ularni tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar
107
tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday
vakolatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi ega.
13
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatda sinmasligi uchun
quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish;
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish;
- debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor
qarzlarni muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini
olib borish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarni to‘lov layoqati, qoplash
koeffitsiyentini o‘rganishi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va
qaramlik darajasini o‘rganishi;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini
o‘rganish;
- o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi nisbatni o‘rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini
o‘rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini
qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar
majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor
13
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар
ишлари Қўмитасининг “Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори” 2005 йил 14-апрель, 1469 сон
108
tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof
etiladi.
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini
o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-
iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli);
- iqtisodiy nobarqaror*-**:
*to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lgan korxonalar;
**to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagan korxonalar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini baholash
yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi.
14
- To‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti (K
tl
):
- O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti (K
at
)
- Korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (R
a
, R
x
)
Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha
ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
- O‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati
koeffitsiyenti (K
o‘q
)
- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti(K
quv
)
- Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti (K
esk
)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kreditga layoqatligini tahlil etishda
moliyaviy holat tahlilida qo‘shimcha tarzda quyidagi mavzularni
o‘rganish tavsiya etiladi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarining rentabellik darajasi;
- aylanma mablag‘larning holati;
- o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi
ishtiroki;
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
14
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар
ишлари Қўмитасининг “Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори” 2005 йил 14-апрель, 1469 сон
109
- to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarining holati;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul va qimmatli qog‘ozlarining
mavjudligi va boshqa jihatlari.
Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb
etishda moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga 5 ta
tarkib guruh ko‘rsatkichlarni kiritish lozim. Bu ko‘rsatkichlar
quyidagilardan iborat:
15
1. To‘lov layoqati va likvidlilik koeffitsiyentlari;
2. Ish aktivligi koeffitsiyentlari;
3. Moliyaviy leveridj koeffitsiyentlari
4. Rentabellik koeffitsiyentlari
5. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsiyentlar
Rivojlangan davlatlarda kreditga qodirlikni baholashda eng muhim
qoida sifatida shartli “S-1-5” qoidasiga amal etiladi. Bu qoida
quyidagilarni xarakterlaydi.
16
S1-charakter – qarz beruvchining bozordagi obro‘si, uning holatini
aniqlash;
C2-capacity – qarz oluvchining faoliyatni yakuniga yetkaza olishi,
tegishli daromadga ega bo‘lishi hamda olingan kreditlarni qaytarib bera
olish qobiliyati;
C3-capital – qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi;
C4-conditions – biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar;
C5-collateral – garov.
Bu qoidalarga bizning kredit amaliyotimizda ham to‘liq amal
etiladi, faqat uning rasmiy jihatlari bu tartib belgilanmagan.
Kreditga qodirlilik tahlilidagi uslubiy jihatlardagi farqlanishlar
albatta‚ mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni yuritishda
15
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б.
16
K. R. Subramanyam. Financial statement analysis, Eleventh edition Published by McGraw-Hill
Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by.
110
milliy standart normalariga tayanilishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va
taqdim etishning farqlanishi bilan izohlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |