Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

2.8. Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi 
qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot 
operativligi muammolari) 
Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan 
chop etilgan adabiyotlar soni shu darajada ko‘pki‚ ularni o‘rganish 
asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligini baholash 


154 
doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) 
e’tiboridagi muhim masalalardan biri bo‘lgan. Moliyaviy holat va 
undagi o‘zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bo‘lib o‘tgan 
jarayonlarning 
samaradorligi 
va 
natijaviyligiga 
balki 
ularning 
kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi
19
. Bu esa raqobatdosh 
iqtisodiyot sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi 
o‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda O‘zbekiston va xorij 
amaliyotining o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Chunki global iqtisodiyot 
barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni 
talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning, 
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal 
etilmoqda. Ya’ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili” 
rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun 
qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va 
undagi o‘zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa 
ham mazmun jihatdan bir xilda yuritiladi.
Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlari xo‘jalik yuritish 
shart-sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni 
tuzish qoidalarida, uslubiy jihatlarda‚ shuningdek‚ ko‘proq nazariy 
asoslarda ko‘rish mumkin.
Shuningdek, xo‘jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda 
ko‘p farqli jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning 
iqtisodiy 
rivojlanishi 
va 
boshqaruvning 
farqli 
jihatlari 
bilan 
xarakterlanadi
20
.
19
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
19

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр 
20
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
20



155 
Xo‘jalik yuritishning farqli jihatlari albatta axborot oqimini 
shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bitta, 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yirik, o‘rta va kichik biznes subyektlari 
qatoriga kiritishning o‘zi ham davlatlar o‘rtasida tubdan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning 
davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, 
statistik hisobotlar orqali) hal etishga emas‚ balki birinchi navbatda 
mulk egasi va menejerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga 
qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlil etishdagi o‘xshash jihatlarni buxgalteriya 
hisobining muhim tamoyili bo‘lgan mazmunning shakldan ustunligi 
tamoyili bilan izohlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy 
hisobotlari bilan O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning 
nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.
Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning 
asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” (1-shakl) rasmiy tuzilishi va 
mazmun bo‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.
Juda ko‘p mualliflar xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatiga 
baho berishning muhim manbasi bo‘lgan buxgalteriya balansi va uning 
tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bo‘yicha 
qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham 
tushunarli bo‘lishi lozimligini qayd etadilar
21
.
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр 
21
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили, 
дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б., Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск: 
РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф. Молиявий ва бошкарув 
тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной 


156 
Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim 
farqlanishlar kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini 
kuzatish mumkin.
O‘zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda 
quyidagi tarkibiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1. 
Likvidlik 
ko‘rsatkichlari. 
Xalqaro 
amaliyotda 
ushbu 
ko‘rsatkichlar tizimi “liquidity ratios”
22
deb nomlanadi.
2. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu 
ko‘rsatkichlar tizimi “financial leverage
23
” deb, ayrim manbalarda 
“leverage ratios” deb nomlanadi.
3. Foyda, rentabellik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur 
ko‘rsatkichlar tizimi “profitability ratios” deb nomlanadi.
4. Ish aktivligi ko‘rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu 
ko‘rsatkichlar tizimi “efficiency ratios” deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston va xalqaro 
amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yo‘q. Muammo 
nimada. Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy, 
metodologik asoslarning bir-biridan farq etishida deyish mumkin. 
Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari, 
kompaniyalar ko‘rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‘u 
beriladi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi 
aksiyalar soniga nisbati; dividend to‘lovlarining sof foydadagi salmog‘i; 
aksiyalarga yillik dividend to‘lovlarining ularning o‘rtacha bozor 
qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor bahosining va bitta aksiyaga to‘g‘ri 
keladigan sof foyda nisbati ko‘rsatkichlari kiritiladi. Mazkur 
ko‘rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi 
деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 с.ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
, Карлин Т.Р. 
Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — 
ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 
2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 
2007. 367 стр 
22
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 646 бет. 
23
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 479- бет. 


157 
ko‘rsatkichlariga baho beriladi. O‘zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi 
moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat 
samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari siftida alohida o‘rganiladi. 
Mazkur tahliliy ko‘rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy o‘rganishning 
zaruriy jihatlari va ahamiyatliligi korxonalarning moliya bozoridagi 
ishtiroki hamda aktivligining qay darajadaligi bilan belgilanadi. Ya’ni 
bozor aktivligi ko‘rsatkichlarini baholash orqali investitsion faollik, 
jozibadorlik ko‘rsatkichlari baholanadi.
Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda ko‘pincha yirik va 
shon-shuhratga ega bo‘lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, Pepsi-
Cola, Adidas va boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga 
oshiriladi va yakuniy xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy 
holatiga tashxis beriladi va kelgusida kompaniyani rivojlantirish, 
moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim starategiyalar beriladi.
Korxonalar moliyaviy holatini O‘zbekiston amaliyotida kompleks 
o‘rganish amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta 
manbada O‘zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan 
korxonalar (Tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston temir 
yo‘llari, O‘zbekiston havo yo‘llari, avtomobilsozlik korxonalari 
misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi. 
Ko‘pincha, analitik hisob-kitoblar taxminiy, o‘ylab topilgan manbalar 
asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real manbalari 
asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‘zgarishlarda ham 
kuzatiladi. Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning 
faoliyat va tarmoq bo‘g‘inlari bo‘yicha farqli jihatlariga ham alohida 
ahamiyat qaratiladi.
Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni ko‘rsatkichlarning 
turlicha nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot 
aktivlar, qisqa muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlar, 
kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida, uzoq muddatli aktivlarning 
oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan aktivlar tarzida 
nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z 
mablag‘lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy 


158 
natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish 
tartiblaridagi (yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxo‘jalik 
faoliyati natijasi, soliq to‘loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT, 
EBITDA) farqli jihatlarda ko‘rish mumkin. Shu sababli, chop etiladigan 
manbalarda ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblarida ma’lumotlar real (aniq 
korxona misolidagi) moliyaviy hisobotlar va manbalarning hisobotlarni 
qaysi shakl va satrlaridan olinishi ham aniq ko‘rsatilgan holda 
berilmog‘i lozim. Shu yo‘l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini 
ta’minlash mumkin. 
Sohada, eng muhim muammolarni hal etishning muhim yo‘li bu 
moliyaviy hosobotlarni shakli va mazmuni bo‘yicha xalqaro normalarga 
mos keltirishdir.
Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta 
ishlashning kompyuter dasturlarini yaratilmaganligi ham sohaga oid 
muammolarni 
biroz 
chigallashtirmoqda. 
Bu 
boradagi 
ishlar 
boshlanganiga qaramasdan haliga qadar litsenziya olingan dasturiy 
ta’minotlar yaratilmagan. 
Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qo‘shimcha manbalarga juda 
ko‘p zaruriyat tug‘iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning 
ishonchligi, tezkorligi, aniqligi, asosligi kabi qator muammolarga duch 
kelinmoqda. Bu jarayonlar ko‘proq xo‘jalik subyektlarining fond bozori, 
qimmatli qog‘ozlar bozori, bozor va ish aktivligini baholashda‚ ayniqsa 
qiynchiliklar tug‘dirmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha eng muhim 
muammolardan bittasi bu ular bo‘yicha ma’murchilik xarajatlarining 
haddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir. Ma’murchilik 
xarajatlarining hisobi va ularni me’yorlash bo‘yicha hech qanday 
tartiblar va qoidalar belgilanmaganligi analitik tahlilchilarning ish 
unumiga ta’sir qilmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xalqaro standartlardagi normalarga 
amal etishda yagona yondashuvning yo‘qligi, ularni har bitta xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘ziga xos tarzda qo‘llashidagi xilma xilliklar 
mavjudligi ham o‘tkir muammolardan bittasi hisoblanadi. Shu bilan 


159 
birgalikda jahon bozoriga chiqishda ularning qay darajada ahamiyatli 
ekanligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada asoslanmaganligi ham ushbu 
sohada ishlarning jadal rivojlanishiga ta’sir etmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarida elektron 
hisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona, 
banklar hisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli 
bo‘g‘in bo‘yicha mijozlarning umumlashgan axborotlarini olish 
imkoniyatlari ta’minlanmagan. Bu esa o‘z navbatida qiyosiy tahlilni 
amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ya’ni, korxonalar o‘rtasida 
qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma xillik, turlicha 
hisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli ta’sir 
etmoqda. 
Inflyatsiya ta’sirini ham albatta chetlab o‘tishning imkoni yo‘q. Bu 
jihat sondagi o‘zagrishlardan sifat o‘zgarishlarga o‘tish imkonini 
bermaydi. 
Inflyatsiya 
darajasining 
yuqoriligi 
ko‘rsatkichlarning 
qiyosiyligini, o‘zgarishini aniq baholashga imkon bermaydi. Shu sababli 
ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda inflyatsiya, giper inflyatsiya amal 
etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim. Bu jihat o‘zgarishlardan 
himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarida 
aniq va yorqin ifodasini topgan. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin