Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

2.11. Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy 
ta’minotlardan foydalanish. 
 
Yangi asrni axborotlar, texnologiyalar, innovatsiyalar asri deyish 
mumkin. Negaki bu uchta jihatsiz rivojlanishni, taraqqiyotni tasavvur 
qilib bo‘lmaydi.
Moliyaviy tahlilni zamonaviylashtirish muammosi ham bugun 
olimlar oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 
Axborotlarga shunchaki ega bo‘lish yoki axborotlarni shunchaki o‘qish 
bilan bugun muhim natijalarga erishib bo‘lmaydi. Ularni tahlil etishning 


166 
shunday bir tizimini shakllantirish lozimki bu ularning boshqaruvdagi 
samarasini, faoliyatdagi natijasini ta’minlashga xizmat qilsin. 
Axborotlarni bugungi shaklini va oqimini oddiy hisob-kitoblar 
asosida qayta ishlash mumkin emas. Bunga vaqt omili ham, resurs omili 
ham, subyekt omili ham yo‘l bermaydi.
Axborot 
tizimini 
yaratilishi, 
axborotlarni 
kompyuter 
texnologiyalari va dasturiy ta’minotlari asosida qayta ishlash, tahlil etish 
sohaning rivojida yangi bir bosqichini boshlab berdi deyish mumkin.
Axborot tizimining yaratilishi quyidagi hossalar bilan 
xarakterlanadi:  
- har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy 
prinsipi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi
- axborot tizimi dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanuvchi tizim 
hisoblanadi; 
- axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi;
- axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‘rinishida tasavvur 
qilish lozim.
Axborot tizimlarini hayotda qo‘llab ishonchli, sifatli va aniq 
natijalarni olish mumkin. Buni quyidagilarda tavsiflash mumkin: 

matematik 
metod 
va 
intellektual 
tizimlarni 
qo‘llab, 
boshqarishning optimal variantlarini olish;
- tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini 
yengillashtirish;
- eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish; 
- axborotlarni qog‘ozda emas‚ balki magnit yoki optik disklarda 
saqlash; 
- mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish;
- foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin