Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash Providing the integrity of music education in instrumental performance Tashkent, Uzbekistan 157 ishlashini tushunib olishingiz kerak. Insonning diqqat e’tibori judayam tarqoq
bo’ladi. Mabodo biror bir ish qilib o’tirgan bo’lsangiz kimdir sizni chalg’itib yuborsa,
yana o’sha ish bilan chuqur shug’ullanishni boshlashingiz uchun sizda taxminan 15
daqiqa vaqt ketadi. Bu judayam ko’p vaqt. Tasavvur qiling kitob o’qib o’tiribsiz, har
10 daqiqada kimdir sizni chalg’itadigan bo’lsa kitobdan o’qigan birorta bilim sizning
miyangizda saqlanmaydi. Shuning uchun ham pomidor usuli orqali siz bu narsani
bartaraf etishingiz mumkin.
Pomidor usulining birinchi qadami bu tayyorgarlik. Tayyorgarlik nimadan
iborat. Ya’ni bu yerda mustaqil mashq qilishga tayyorgarlik nazarda tutilmoqda.
Demak, mustaqil mashg’ulotni olib borishdan oldin qolganlarni, ya’ni uydagilarni
yoki ijarada turadigan xonadoshlar, yoki talabalar turar joylaridagi sheriklarni
ogohlantirish nazarda tutiladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa mustaqil mashg’ulot
olib borilayotgan vaqtda sizga halaqit berilmasligi lozim. Mustaqil mashg’ulotni
boshlashdan oldin siz uyingizdagilarga aytishingiz kerak, men shug’ullanayapman,
menga halaqit bermang. Sizni chalg’itib yuborishi natijasida siz o’z
mashg’ulotingizdan chalg’ib ketib yana qaytib bu ishga kirishib ketolmasligingiz
mumkin. Tez charchab qolishingiz mumkin. Hammani ogohlantiring men bandman,
25 daqiqa yoki bir soat band bo’laman, menga tegmanglar, biror kishi kelib meni
chaqiradigan bo’lsa men yo’qman. Keying navbatda telefoningizni o’chirishingiz
yoki “bezovta qilmang” rejimiga qo’yishingiz mumkin. Sizni hech kim bezovta
qilmaydi.
Ikkinchi qadam bu taymer. Taymer pomidor usulining asosi hisoblanadi.
Taymerni siz 25 daqiqaga yoqib qo’yishingiz kerak. Bu yerda shartli refleks degan
narsani yaxshi bilib olishingiz kerak. Shartli refleks nima degani. Misol uchun siz
qaysidir uyga borib kaltak yegan bo’lsangiz o’sha uy bilan bog’liq yomon xotiralar
qolib ketgan bo’ladi. Ya’ni refleks hosil bo’lgan bo’ladi. Pavlov degan kishi itga
ovqat berishdan oldin doim chiroqni yoqqan keyin taomni bergan. Keyinchalik shu
darajada shartli refleks hosil bo’lganki, itning miyasida chiroqni yoqqandan keyin
so’lak oqishni boshlagan. Itni oldida ovqat qo’yilmasa ham og’zidan so’lak oqishni
boshlagan. Mustaqil mashg’ulot olib borishda ham shunday holat yuz beradi. Siz
taymerni bosishingiz bilan shug’ullanishni boshlang, 25 daqiqa to’xtamasdan
shug’ullanishingiz kerak. Agar haqiqatdan ham 25 daqiqa chalg’imasdan
shug’ullansangiz sizning o’sha 25 daqiqangiz o’ta to’liq ishlatilgan bo’ladi va
ko’zlangan maqsadga erishasiz. Bu narsa sizga vaqtingizni sezishga o’rgatadi. 25
daqiqa vaqtni bosishingiz bilan shu ishga chuqur shung’ib vaqtdan unumli va sifatli
foydalanishni boshlaysiz, ya’ni vaqtingiz tugab borayotganligini ko’rib tez va sifatli
shug’ulanishni boshlaysiz.