ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI uzib oldim.
B) Gulnor shu tobda yolg‘izlikni, tinchlikni istar edi.
C) O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab ololmagan Hamroqulning ham ko‘kragiga
tushdi.
D) Bizlar xizmatkor odam - nimani bilaylik, to‘ram!
22. Ota, javobingni berdim, jo‘nagin! Bundan keyin sovchi bo‘lib kemagin! Har kimni
tengiga qo‘sh-da, vallamat, Menga munday tuzsiz so‘zni demagin. Ushbu parchada
qaysi doston qahramonining otasiga qarab aytgan so‘zlari berilgan?
A) “Kuntug‘mish”
B) “Oygul bilan Baxtiyor”
+C) “Ravshan”
D) “Alpomish”
23. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish” dostoniga oid emas?
A) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar
ortib beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi.
+B) Doston qahramoni dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z
dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
C) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni
o‘ldirish shartini ado etadi.
D) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish jazoga mahkum etadi, keyinroq
Azbarxo‘ja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ularni afv etadi.
24. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor. Ushbu she’r haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu she’r mumtoz adabiy janrlardan biri bo‘lgan tuyuq janrida yozilgan.
B) Ushbu she’r Navoiy qalamiga mansub she’r sanaladi.
+C) She’r qofiyalari “dog‘i bor” (1-misra), “otashi bor” (2-misra), “yana (tag‘in) bor” (4-
misra) ma’nolarini bildiradi.
D) She’rda tajnis san’atining ajoyib namunasi yaratilgan.
25. Musa Jalilning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yozilgan, davlat mukofoti bilan
taqdirlangan operasini toping.
A) “O‘rtoqqa”
B) “Xat tashuvchi”
+C) “Oltinsoch”
D) “Ordenli millionerlar”
26. Ahmad Yassaviyning 240 ga yaqin she’rlardan iborat ijodiy merosi xalq orasida “Devoni hikmat” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Hikmatlar” asarida jamlangan. Ushbu
ma’lumot...
+A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
27. Qaysi dostonda shaxslarning ismi jonivorlarning nomidan kelib chiqib qo‘yilgan?
+A) “Kuntug‘mish”
B) “Alpomish”
C) “Ravshanxon”
D) “Rustamxon”