ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI +C) Bugungi faravon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak.
D) Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
6. Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.
B) Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi.
+C) Nodira kelsa, uyda hech kim yo‘q edi.
D) Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi.
7. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlari sanalgan so‘z
ikki o‘rinda qatnashgan?
A) Ittifoq bitar, Noittifoq yitar.
B) Ko‘p to‘kilsa, ko‘p bo‘lar,
Ko‘p biriksa, el bo‘lar.
C) O‘zing osmonda bo‘lsang ham, oyog‘ing yerda bo‘lsin.
+D) O‘qish jafoli, keti vafoli.
8. May – bahor qizining O‘n sakkiz yoshi, Uning ajib noz-u Adolari bor.
Ushbu parchada qatnashgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
A) Ushbu parchada son turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi ot
ishtirok etgan.
B) Ushbu parchada ot turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi sifat
ishtirok etgan.
C) Ushbu parchada son va fe’l turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z
ishtirok etgan.
+D) Ushbu parchada ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z
ishtirok etgan.
9. Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
+A) Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasidek adl
edi.
B) Bu yerlarga kelgusi yil poliz ekinlari ekiladi.
C) Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchi sanaladi.
D) Nomussiz yashamoqdan nomusli o‘lmoq afzal sanaladi.
10. Qaysi gapda tinsih belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz.
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r
bo‘ldi.
C) Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi.
+D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
11. Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan?
A) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz?
+B) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
C) Yillar o‘tib, balki, bizni unutib yuborishar.
D) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunday degandir.