ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 17. Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashishi kuzatiladi?
A) Har bir narsani tejash, bugungini erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi fazilatdir.
B) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir.
+C) So‘z bilan ifodalangan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
18. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
B) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
+D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim
bo‘ladi.
19. Quyidagi qaysi she’r Ogahiy qalamiga mansub?
+A) «Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandi
B) «Surmadin ko‘zlar qaro» g‘azali
C) «Manam sho‘rida bulbul» muxammasi
D) «Ajab ermas» muxammasi
20. Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub?
A) «Onalar», «Kuzatish», «Yodgor»
B) «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda»
C) «Mahmud Tarobiy», « O‘tror», «Karvon yo‘llarida»
+D) «Juvonboz», «Obid ketmon », «Baxtsiz kuyov»
21. Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan ijodkorning ijodiy faoliyatida qahramonlik ko‘rsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohida o‘rin tutadi. Ayrim balladalarida o'zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. U «Jamila», «Ona va farzand» va «Raymonda» kabi balladalar muallifi sanaladi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
+A) Shuhrat
B) Mirmuhsin
C) Asqad Muxtor
D) Maqsud Shayxzoda
22. U shu yotganicha ertalab ham ko‘zini ochmadi. U yagona farzandidan umid uzolmay, uning baxtini ko‘rolmay armon bilan chodirda jon bergan edi... . Ona, qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o ‘z qo‘li bilan qabrga qo'yadi, deb umid qilardi. Bolasi qabrga yaqin kelmay, bo‘riga o‘xshab to‘qaydan xunuk qarab turardi. Quyosh qip-qizil cho‘g‘ bo‘lib botayotgan cho‘l oqshomida hijronzada, alamzada, farzand dog‘ida kuyib ado bo‘lgan onani tuproqqa qo‘yishdi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonninj hayotdan ko‘z
yumishi va dafn qilinishi tasvirlangan?
A) Sharofat xolaning
B) Zebi xolaning
+C) Jannat xolaning
D) Umri xolaning