Ushbu o‟quv-uslubiy majmua O‟zbekiston Respublikasi oo‟mtv



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix08.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Ushbu o quv-uslubiy majmua O zbekiston Respublikasi oo mtv

Savol va topshiriqlar: 
1. Kichik yoshdagi o‟quvchilar uchun sintaktik bilimlarni o‟zlashtirishning 
ahamiyatini tushuntiring. 
2. Boshlang‟ich sinflarda “Gap” mavzusi materiallarini o‟rganishdagi izchillikni 
asoslang. 
Z. O‟quvchilarning gapning bosh bo‟laklari – ega va kesim bilan qanday 
tanishtirasiz? Darsda qanday ko‟rgazmalardan foydalanasiz?
4. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari gapda so‟zlarning bog‟lanishini 
o‟zlashtirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar? 
5. “Boshlang‟ich ta‟lim” jurnalida chop etilgan gap ustida ishlashga doir 
maqolalardan topib, ularga taqriz yozing. 
 
 
 
 


2-MAVZU:
 
Orfografiyani o„rganish mеtodikasi
 
REJA: 
1. Orfografiyani o„rganish mеtodikasi.
2. To„g„ri yozishni o„rgatish yo„nalishlari. 
3. Orfografik malakaning psixologik tabiati.
Tayanch so‟z va atamalar: boshlang„ich sinf, matеriallarni sinflarga 
joylashtirish, orfografiya, to„g„ri yozishni o„rgatish, orfografik malaka, imlo 
qoidasi, imloviy mashqlar, diktant. 
Orfografiya yunoncha so‟z bo‟lib, “to‟g‟ri yozuv” degan ma‟noni bildiradi. 
Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog‟liq bo‟lib, to‟g‟ri yozish 
haqidagi qoidalar yig‟indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til 
me‟yorlari asosida yozma ifodalab bo‟lmaydi. O‟quvchilarning imloviy 
savodxonligi haqida g‟amxo‟rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‟g‟ri ifodalash
kishilar bilan o‟zaro xatosiz muomala qilish uchun g‟amxo‟rlik demakdir. Savod 
o‟rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid 
malaka ham shakllantiriladi. 
Savod o‟rgatish davrida o‟quvchilarda o‟z-o‟zini tekshirishga oid malaka 
shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo‟l qo‟ygan 
xatolarini topadilar, ularni izohlashga o‟rganadilar. SHu davrdanoq ko‟chirib 
yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so‟zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o‟tkazib 
boriladigan o‟z-o‟zini tekshirish mashqlari, o‟qilgan matnning imlosini kuzatish 
o‟quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo‟lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin 
shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o‟rganiladigan imlo qoidalarini puxta 
o‟zlashtirishga tayyorlaydi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin