3.Ish bilan bandlikning ikkinchi asosiy tamoyili Ish bilan bandlikning ikkinchi tamoyili – fuqarolarning mehnat huquqini
ro’yobga chiqarish uchun davlatning shart-sharoitlar yaratib berish kerakligi kelib
chiqadi. Ish bilan bandlik siyosatiga uni qattiq tartibga solishdan voz kechish,
ijtimoiy sohada mehnat qilishning majburiy emasligi, ijtimoiy foydali mehnat
qilishning har qanday sohasini tanlash erkinligi va ihtiyoriyligi orqali inson
manfaatlari va ehtiyojlarining namoyoni bo’lishiga yordam berish asos qilib olingan.
Davlatning ish bilan bandlikka ko’maklashish tamoyili asosida mehnat qilish
huquqini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish ijtimoiy ishlab
chiqarishning iqtisodiy jihatdan erkin ishtirokchilari iqtisodiy hulq atvoriga bevosita
usullar bilan tuzatish kiritishdan iboratdir. Bunda davlatning ish bilan bandlikka
bevosita ta`sir ko’rsatish choralari rag’batlantiruvchi tadbirlarining ustivorligiga
asoslanadi. Bu o’rinda mehnatkashlarning tadbirkorlar va hududlarning ijtimoiy va
iqtisodiy huquqlarini hamda erkinliklarini buzadigan vositalar bo’lmasligi kerak. Ish
bilan bandlikka ko’maklashish tamoyili bir qancha jihatlarga egadir. Ish bilan
bandlikka ta`sir ko’rsatishning o’zini ochib berish asosida bandlikni istalgan
yo’nalishdan shakllantirish jarayonini bevosita tarbiyaga solish yotadi. Ish bilan
bandlikka ko’maklashish tamoyili ijtimoiy mehnat munosabatlari sub`ektlarining
taraqqiyot yo’nalishlarini ishlab chiqarishda va uni tartibga solishda faol va
manfaatdorlik bilan ishtirok etishlaridan ham iboratdir. Bu sub`ektlar yollanma
hodimlar, ish beruvchilar bo’lib ular kasaba uyushmalariga, assotsiatsiyalar va
ittifoqlarga birlashganlar.
Bu kuchlarning ish bilan bandlikni rivojlantirishda yaqindan o’zaro yordam
berishlari ish bilan bandlikning holatiga faol ta`sir ko’rsatib uning sifat jihatlarining
har tomonlama yaxshilanishiga yordam beradi. Bunday jihatlarga ish bilan band
aholining ma`lumot va kasb-malaka tarkibi, uning tarmoq va demografik tuzilishi,
yuqori ijtimoiy iqtisodiy harakatchanlik va shu kabilar kiradi.