Samarqand davlat universiteti


Jamoani maqsadga yo’naltirish vazifasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

Jamoani maqsadga yo’naltirish vazifasi – bu korxonaning kelajakdagi holati 
bo’lib, faoliyat shunga yo’naltiriladi. Jamoaning aniq maqsadlari, yaqin va uzoq 
davrga 
mo’ljallangan 
istiqbol 
rejalari, 
muayyan 
ijtimoiy 
qadriyatlari 
belgilangandagina u muvaffaqiyatli rivojlanadi. 
Strategiyani ishlab chiqish – bu vazifa maqsadga erishish yo’llarini aniqlash 
va korxona faoliyati turli yo’nalishlarining kelajakdagi ahamiyatini baholashni 
ko’zda tutadi. Strategiyani ishlab chiqishda korxona ichki va tashqi muhitining 
ma`lum an`analari, shuningdek, ekspertlar yordamida olingan kelajak namunalari 
asosida tayyorlangan bashoratlardan foydalanadi. 


52 
Rejalashtirish vazifasi – jamoa rahbari mavjud strategiya asosida rejalar 
ishlab chiqadi yoki yuqori turuvchi idoradan topshirish oladi. Uni bajarish uchun 
barcha sharoitlar, resurslarni (inson va moddiy resurslar) hisobga olish, mehnat 
dozasi va mahsulot tayyorlash xronologiyasini aniqlash, resurslarni taqsimlash, 
ehtimolligi bo’lgan qiyinchiliklarni oldindan ko’ra bili shva zarur zahiralarni 
tayyorlab qo’yish taqozo etiladi. Rejalashtirish faqat mahsulot tayyorlash, mehnat va 
resurslar sarfiga taalluqli bo’lmasdan, jamoaning ijtimoiy rivojlanishi, mehnat 
unumdorligini, xodimlarning malakasini, ularning umumiy madaniy saviyasini 
oshirish kabilarni ham ko’zda tutishi lozim. Rejalashtirish rahbariyatning ijtimoiy-
psixologik funktsiyalariga aloqadar, chunki u jamoa va shaxsni tarbiyalash 
dasturlarini, intilish xossalarini o’z ichiga olishi darkor. Bu vazifani echmasdan turib 
mehnat 
unumdorligini 
oshirish, 
jamoani 
ijtimoiy-psixologik 
birlik 
sifatida 
rivojlantirish mumkin emas. 
Moslashtirish vazifasi (muvofiqlashtirish) – jamoa a`zolarining faoliyatini 
muvafiqlashtirish 
rahbariyatning 
asosiy 
vazifasi 
hisoblanadi. 
YUqorida 
ta`kidlanganidek, faqat muvofiqlashtirilgan faoliyatdagina qo’shimcha ishlab 
chiqarish kuchlari (sinergik unum) yuzaga keladi. Ijrochilarning harakatini 
kelishtirish mehnat topshiriqlarini rejali taqsimlash, umumiy vazifalarni hal etish 
mehnat taqsimotidagina daxldor bo’lib qolmay, tayyorgarlik darajasining kundalik 
hisobi, jamoa mehnat faoliyatining mavjud tizimlarini ham qamrab oladi. 
Tartibga solish – muvofiqlashtirishga turdosh vazifa bo’lib, ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlarini tanlangan doirada tutib turish zarurati bilan bog’liq. U ishlab 
chiqarish jarayonlarining samarali bo’lishiga sharoit yaratadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin