2-mavzu: Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja: Pedagogik imidj 2



Yüklə 382,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix09.12.2022
ölçüsü382,56 Kb.
#120683
1   2   3   4   5
2-mavzu Pedagogik imidj va muloqot madaniyati reja Pedagogik i

Eng ahamiyatli xossalarga: 
* tashqi kо‗rinish; 
* muloqotning verbal va noverbal vositalarining qо‗llanilishi; 
* kasb obraziga ich-ichidan mos kelishi – ichki ―shaxsiyat‖; 
* pedagogik faliyatining uslubiy xususiyatlari; 
* kasbiy yо‗naltirilganlik.
Birinchi bosqich – tashqi kо‗rinish, bunda pedagog imidjining asosiy 
xususiyati – ilk taassurot fenomeni, yangi ―vizual gо‗zallik‖ muhim rol о‗ynaydi. 
О‗qituvchining umumiy kо‗rinishi barkamol, о‗quvchi va uning ota-onalari hamda 
kattalarning hurmati va ishonchini tug‗diradigan, ularni о‗ziga qarata oladigan 
bо‗lishi kerak. Bunda о‗qituvchi kiyimining rangi, me‘yorida qilingan pardoz-
andoz (makiyaj), zamonaviy soch turmagi katta ahamiyatga ega. О‗qituvchi 


tо‗g‗risidagi ilk taassurot uni ustoz sifatida qabul qilingan, pedagogik ta‘sirini hosil 
qila olishi hamda bolalarga ta‘sir etishi singari omillar katta ahamiyatga ega. 
Ikkinchi bosqichga – imidjning muhim omillaridan biri – muloqotning 
verbal va noverbal vositalari qо‗llashi kiradi.
О‗qituvchi о‗zini ―taqdim etish‖ vazifasini о‗zi tо‗g‗risida ilk taassurot 
shakllantirayotgan payta amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
“Verbal” 
deb 
nomlanadigan imij о‗qituvchi oyoqlarning yig‗ilgan holatda turishi, qо‗llarning 
meyorida harakatlanishi, ovoz tembrinng juda yuqori emasligi yoki aksincha. 
“Noverbal” deb nomlanadigan imij о‗qituvchi imo-ishoralari, yuz-qarashlari 
(mimika, aslini olganda, odamlar о‗rtasidagi axborot almashuvi bо‗lib, uning asosiy 
maqsadi uzatilayotgan va qabul qilinayetgan axborotning tushunarliligini 
ta‘minlashdir), savlatini nazarda tutadigan 
yoqimli sifatlarni 
qay darajada ishlata 
olish bilan bog‗liq. Yaxshi sifatlar turli vaziyatlarga tezkor о‗rganishga, odamlar 
bilan kommunikativ aloqalar о‗rnatishga yordam beradi. Afsuski, sotsiologlarning 
tadqiqotlariga kо‗ra, faoliyat boshlayotgan о‗qituvchilarning 29 foizi о‗quvchilar 
bilan ilk aloqalardayoq qiyinchiliklarni boshidan kechiradilar. Pedagog imijining 
muhim tomoni – uning sо‗z boyligidir. Nutq san‘ati – uning egiluvchanligi, 
ta‘sirligi, originalligidadir. Qadimgi donishmandlarning aytishicha, notiqlik san‘ati 
– bu sо‗z bilan ishontirish qobiliyatidir. 
О‗quvchilar bilan muloqotda о‗qituvchi о‗zinig nutq ohangini unutmasligi 
kerak. Chunki о‗quvchilarning nafaqat ruhiy holati, balki ularning ishlash qobilyati 
ham shunga bog‗liq. 
Uchinchi bosqich – о‗qituvchining imijiga ta‘sir qiluvchi uning hayot tarzi. 
Uning hayot tarzi imijiga odamlar tomonidan uning shaxsiy hayoti qay darajada 
qabul qilinishi, yon-atrofdagilar hamda oila a‘zolari bilan munosabatlari, uning 
ma‘naviy tamoyillari, fazilatlari, hulqi va xarakteri kiradi.
Ichki obraz – bu eng avvalo о‗qituvchining madaniyati, bevositaligi va 
erkinligi, jozibasi, emotsionalligi, tasavvurlari, tarovati, muammolarni hal qilish 
qobiliyatlari, assotsiativ tasavvurlari, dars jarayonida kutilmagan yorqin yechimlar, 
ijod qilishga tayyorligi, kо‗p sonli odamlar orasida о‗zini tuta olishi va boshqa 
tamoyillaridir. 
Tashqi obraz - о‗yin texnikasi va о‗yinning ruhiy holatini namoyon qilishi, 
darslarni interfaol darajaga chiqarish, butun darsni mohirona о‗tkazish rejasini 
tuzishdan iborat. 
Zamonaviy о‗qituvchining obrazi о‗quvchi ongida nafaqat yaxshi sifatlarga 
ega, balki о‗qituvchi muloqotning barcha verbal va noverbal xususiyatlarini о‗zida 
mujassamlashtirgan yangi kommunikativ imij bilan ham aniqlanadi. 
О‗qituvchi tashqi kо‗rinishining alohida komponenti о‗quvchilar ongida о‗z 
ahamiyatli yuklamasiga ega, biroq darsda har bir aniq vaziyatda u muhim yoki 


ahamiyatsiz bо‗lishi mumkin. Bir vaziyatda bola uchun о‗qituvchining imo-
ishorasi muhim bо‗ladi, ikkinchisida uning qarashlari, uchinchisida о‗qituvchining 
kostyumi, ya‘ni kiyinish madaniyati ta‘sir qiladi. 
―Yaxshi‖ о‗qituvchining umumlashgan portreti: insonparvar, adolatli, 
demokratik xussusiyatga ega, rahmdil, sinf va alohida о‗quvchilar bilan bemalol 
muloqot qila oladi, kо‗pincha rasmiyatsiz, о‗quvchilar bilan munosabatda 
egiluvchan. Uning uchun boshqalar tomonidan ijobiy baholanish, optimizm juda 
muhim. 
О‗z kasbining sirlarini chuqur biladigan, о‗z kasbining ustasi bо‗lgan, 
dunyoviy va diniy bilimlarga ega, olimkor va tadbirkor, tashkilotchi va fidoiy, 
vatanparvar va mehribon, bag‗rikenglik va xayrixohlik xislatlariga ega bо‗lgan, 
bilganlarini boshqalarga о‗rgatishga va metodik yordamga muhtojlarga yordamini 
ayamaydigan shaxslar haqida gapirilganda ―U mahoratli va mehribon‖ degan 
sо‗zdan foydalaniladi.
Ta‘lim muassasalarda faoliyat kо‗rsatayotgan pedagog xodimlarning tashqi 
qiyofasi bekamu-kо‗st bо‗lishi esa muassasaning ta‘lim-tarbiya jarayoniga ijobiy 
ta‘sir kо‗rsatadi. Bu esa kо‗proq, eng avvolo о‗qituvchining tashqi kо‗rinishi va 
kiyinish madaniyatidan boshlanadi. 
Zamonaviy rahbar, pedagogning bugungi tez о‗zgaruvchan jamiyatda tutgan 
о‗rni, uning salohiyati qanchalik muhim bо‗lsa, odamlar bilan muomala 
madaniyati, fikrini aniq yetkaza olishi va eng asosiysi о‗ziga hamfikrlarni 
yig‗ishida pedagog imijinng о‗rni beqiyos. Mutaxassis imiji uning ishlayotgan 
muassasasiga qanchaliy ta‘sir kо‗rsatsa, tashkilotning imiji ham mutaxassisga 
shunday kuchli ta‘sir kо‗rsatishi aniq. Har bir mutaxassis о‗zining shaxsiy imijiga 
ega bо‗lishi, uning alohida sо‗zlashish madaniyati, odamlar bilan samimiy 
munosabati, salohiyatini namoyish eta oladigan siymosiga ega bо‗lishi zarur. 
Maktab rahbari, pedagog yoki о‗qituvchi deganda kо‗z oldimizda kimlar 
namoyon bо‗ladi? Eng avvalo, lavozimidan qat‘iy nazar, ularning har biri – 
shaxsdir.
Shaxsning turli ta‘riflari mavjud, lekin bu tushunchani tо‗laroq aks 
ettiradigan quyidagisi о‗rinli: ―Shaxs bu - о‗zining bilimi, hissiyoti va 
munosabatlari orqali tashqi olamni о‗zgartira oluvchi subyekt, insondir‖. E‘tibor 
berilsa, ushbu ta‘rifda shaxsga xos uch jihat sanab о‗tiladi: bilish; hissiyot; 
munosabat. Shu uch guruhga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya‘ni tashqi 
olamni insonning о‗z ehtiyojiga binoan о‗zgartirishga qaratilgan.

Yüklə 382,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin