7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarix falsafasining tuzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix09.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#120687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

Tarix falsafasining tuzilishi. Tarix falsafasining tuzilishini tavsiflar ekanmiz, 
bu element tarix falsafasi u yoki bu yo’nalishi namoyandalarining metodologik 
mo’ljallari bilan uzviy bog’liq, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ayni vaqtda, 
ahamiyatsiz tafovutlarni e’tibordan soqit etsak, aksariyat yo’nalishlar doirasida 
o’rganiladigan asosiy muammolarni qayd etishimiz mumkin. Tarix falsafasining 
asosiy tarkibiy qismlarini aytib o’tamiz va ularga qisqacha to’xtalamiz
Tarix falsafasi ontologiyasi – bu tarix falsafasining tarixiy borliq 
muammolari, chunonchi: tarixning mazmuni va yo’nalishi, ijtimoiy taraqqiyot, 
ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining 
yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi o’rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi 
va hokazolarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi tarkibiy qismi. Mazkur bo’limda 
jamiyatning rivojlanish mantig’ini, uning turli tomonlari o’rtasidagi aloqalar va 
o’zaro bog’lanishlarni o’rganish ham muhim o’rin egallaydi.
Tarix falsafasi gnoseologiyasi asosiy e’tiborni tarixiy bilish muammolariga, 
aniqroq aytganda, tarixiy faktlar va voqyealarni o’rganish, tahlil qilish va 
tushuntirish, tarixiy bilimning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek 
tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.
Tarix falsafasi tarixi tarix falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi, tarix 
falsafasi predmetining shakllanishi muammolarini, tarix falsafasining turli 
yo’nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab bo’lgan ichki differensiasiyalanish 
jarayonini o’rganadi. Tarix falsafasi mazkur bo’limining muhim muammolari 
qatoriga tarixiy jarayonni davriylashtirish, boshqa ijtimoiy fanlar orasida tarix 
falsafasining o’rnini aniqlash masalalari ham kiradi.
Tarix falsafasi antropologiyasi insonning tarixiy jarayondagi o’rnini, bu 
jarayonda tarix subyektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga 
keltiradi?», degan savolga javob beradi. Odatda, tarix falsafasining turli 
yo’nalishlari tarixiy jarayon subyektlari qatoriga xalq, millat, omma, olomon, 
ijtimoiy sinflar va atoqli shaxslarni kiritadi va qo’yilgan savolga har xil javob 
beradi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin