54
Akustika fani fizikaning tarkibiy qismi bo`lib, tovushning eshitish
xususiyatlarini o`rganadi. Ultra va infrabinafsha tovushlar
kashf etilgunga qadar har
qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish organi quloq deb
hisoblangan, shuning uchun fizikaning tovushlarni o`rganluvchi sohasi akustika
(yunoncha
eshitish so`zidan olingan) deb yuritilgan. Tovush to`lqinlarining vujudga
kelishi va tarqalishi bilan bog`liq hodisalarni akustik hodisalar deb yuritiladi.
Tovushlarning tarqalish tezligi eksperimental (tajribaviy) metod asosida o`rganlish
yo`lga qo`yilishi bilan akustika sohasi taraqqiyotida katta o`zgarish sodir bo`ldi. XVII
asrga kelib fizik olimlar havoda tovush to`lqinlarining tezligini o`lchash bilan
aloqador dastlabki tajribalarni o`tkazdilar (masalan: to`pdan o`q otilganda yorug`lik
chaqnagan payt bilan o`sha tovush yetib kelgan payt
orasidagi vaqtni aniqlashga
harakat qilingan).
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 331 m/sekundga
tengligi asboblar yordamida aniqlangan. Shuningdek, olimlar suvda tovush tezligi
1500 m/s, po`latda esa 6000 m/s ekanligini o`lchov asboblari yordamida ma'lum
bo`lgan.
Asosiy akustik tushunchalar qatoriga tovushning balandligi, tovush bosimi,
tovush kuchi,
tovush tembri, akustik rezonans kabilar kiradi. Inson o`zining
eshitishiga qarab har qanday tovushning balandlik darajasini aniqlaydi. Odam
quloqidagi pardaga tovush toʻlqinining ta'sir kuchi tovush bosimi deb yuritiladi. Gaz
yoki suyuklikdan tovush toʻlqini o`tganda vujudga keladigan qo`shimcha bosim
tovush bosimi sanaladi. Odam qulogʻining tovushni sezish bilan bog`liq eng past
chegara 10-6 PA tovush bosimiga mos keladi, ya'ni normal atmosfera bosimining 10-
10 qismini tashkil etadi. Agar tovush bosimi yuqori chegaraga yetsa (quloqda og`riq
paydo bo`ladi), taxminan 100 PAga teng keladi.
Tovush tebranishlari garmonik tovush bo`yilcha yuz beradi, buni odam qulogʻi
musiqaviy ton sifatida qabul qiladi. Shuni inobatga olish lozimki, yuqori chastotali
tebranishlar yuksak tondagi tebranishlar sifatida, past chastotali tebranishlar esa past
tondagi tovushlar sifatida quloqqa yetib boradi. Yuqori va past tebranishdagi tovush
tebranishlari oralig`idagi masofa oktava deb yuritiladi. Masalan, birinchi oktavaning
"lya" toni 440 gers chastotaga ega bo`lsa, ikkinchi oktavaning "lya" toni 880 gersli
chastotaga mos keladi.
Garmonik qonunga bo`ysunmaydigan tovush tebranishlari ham bor.
Ularni
inson tembrga ega bo`lgan murakkab tovush sifatida qabul qiladi. Shuning uchun
ham tonning balandligi bir xil bo`lsa ham, g`ijjak va pianino asboblaridan chiqadigan
tovushlar tembriga ko`ra farq qiladi. Odam quloqi eshitishi mumkin bo`lgan tovush
tebranishlarning chastotasi 20 dan 20000 gersgacha bo`lgan oraliqda ekanligi
aniqlangan. 20 gersdan kam chastotali tebranishlar infraqizil tovushlarni, 20 mingdan
ko`p chastotali tebranishlar esa ultrabinafsha tovushlarni hosil qiladi.
Agar jismning xususiy erkin tebranishlari chastotasi tovush to`lqinining
chastotasi bilan kelsa akustik rezonans hodisasi yuzaga keladi. Masalan, puflab
chalinadigan cholgʻu
asboblarining, jumladan, organning trubalari akustik rezonator
vazifasini bajaradi. Fizikaning akustika sohasiga tegishli ma'lumotlar fonetikada,
ayniqsa nutq tovushlar tizimini o`qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
55
Nutq tovushlariga fizik yoki akustik aspektda qaralsa, ularda, avvalo,
ikki xil
belgi ko‘zga tashlanadi: bulardan biri – nutq tovushlarining sifat belgisi, ikkinchisi
esa miqdor belgisidir.
Nutq tovushlarning sifat belgilari quyidagilardir:
1.
Tovushning kuchi yoki intensivligi.
2.
Tovushning balandligi.
3.
Tovush tembri yoki bo‘yoqdorligi.
Tovush to‘lqinining balandligi va kengligi
tovush kuchi deyiladi. Boshqacha
aytganda, to‘lqinning paydo bo‘lgan o‘rni bilan uning pastga tushgan o‘rni o‘rtasidagi
kenglik tovush kuchini ko‘rsatuvchi faktordir. Akustikada tovush to‘lqinining
balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (grekcha acustikos, eshitilish demakdir)
deyiladi. Odatda amplitudaning ko‘lami qancha katta, keng va baland bo‘lsa, tovush
kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tovush kuchi nutqda nutq protsessining holati va
urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, so‘zda urg‘u
tushgan tovushlar kuchli,
urg‘usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi.
Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida
aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo‘lgan tovushlarda ham shovqin
har xil bo‘lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog‘liq. Tovushning balandligi
qancha yuqori bo‘lsa, uning shovqini shunchalik baland bo‘ladi. Lekin tovushning
asosiy xususiyatini (intensivligini) uning kuchi belgilaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining
maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko‘ra
i tovushi eng kuchli tovush
hisoblanadi.
A tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovushdir. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i
Dostları ilə paylaş: