93
O‘
ZBEK TILIDA SINGARMONIZM TA’SIRIDA O‘
ZGARISHLAR
Reja:
1. Singarmonizm hodisasi.
2. Singarmonizmning undoshlarga ta’siri.
3. Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri
O‘zbek tilida singarmonizm ta’siridagi o‘zgarishlar. (Buni bilishingiz
shart). Tilshunoslikka oid adabiyotlarda singarmonizmni unlilarning moslashuvi,
ohangdoshligi,
uyg‘unligi
(garmoniyasi)
deb
ta’rif
beriladi.
Ammo
singarmonizmning asosiy vazifasi so‘zning chegarasini ko‘rsatishdir. Singarmonizm
hodisasi faqat turkiy tillardagina uchraydi.
Singarmonizmning ikki xil turi bor: 1) tanglay
garmonisi yoki palatal
garmoniya; 2) lab garmoniyasi yoki labial garmoniya.
Tanglay garmoniyasi singarmonizmning asosiy turi hisoblanadi. Palatal
garmoniya so‘zining asl ma’nosi til garmoniyasi demakdir. Tanglay garmoniyasida
unlilar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga
moslashadi. Singarmonizmning tanglay garmoniyasi qonuniga binoan so‘zning
boshida (o‘zakda)
til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasida va oxirida ham til oldi unlisi
keladi. So‘z boshida (o‘zakda) til orqa unli kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham til orqa
unli keladi, ya’ni o‘zakdagi unlilarga affiks (morfema)lardagi unlilarning moslashuvi,
uyg‘unlashuvi shart. Bu hol o‘z navbatida minglab so‘zlarning talaffuzida
artikulyatsion qulaylikka olib keladi. Masalan:
kelamiz, ketamiz, gullar, temirchilik;
baramыz, qыshlag‘ыmыz, ortag‘ыmыz, buyrыg‘i kabi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda
unlilar
ham til oldilik va til orqalik, ham lablanish nuqtai nazardan moslashadi.
So‘zning boshida lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi
unlisi keladi. Bunday moslashishni hozirgi qirg‘iz tilida uchratish mumkin. Masalan:
qollor, kѳldѳr, bolot, bolvoyt va boshqalar. Lab garmoniyasi o‘zbek tilida butunlay
uchramaydi.
Singarmonizm hodisasi, yuqorida ta’kidlanganidek, turkiy tillardan boshqa
tillarda yo‘q. lekin bu hodisa turkiy tillarning o‘zida ham bir tekisda uchramaydi.
Masalan, boshqird, yoqut, qirg‘iz tillarida singarmonizmning
har ikki turi ham
mavjud. Turkman tilida esa og‘zaki nutqda asosan lab garmoniyasi uchraydi.
Ko‘pgina turkiy tillarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi saqlangani holda
labial garmoniya kamroq uchraydi yoki deyarli uchramaydi. Chunonchi, ozarbayjon,
turkman, tatar, qozoq, uyg‘ur tillarining ayrimlarida lab garmoniyasining elementlari
bor, xolos.
Hozirgi o‘zbek tilida va o‘zbek tilining ayrim shahar shevalarida
singarmonizmning har ikki turi ham deyarli yo‘q, ayrim o‘rinlarda uning qoldiqlari
uchraydi, xolos. Qolgan bir guruh shevalarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi
ancha izchil uchraydi. o‘zbek tilining ayrim shevalarida esa singarmonizmning
tanglay garmoniyasi hozirgi kunga qadar to‘la saqlanib qolgan.
Bunga qipchoq
shevalarining deyarli hammasi, o‘g‘uz shevalari va shimoliy o‘zbek shevalari kiradi.
94
Eski o‘zbek adabiy tilida esa singarmonizm qonuni ancha izchil va ayrim hollarda
to‘lig‘icha amal qilgan.
O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari –
unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish hollari
ko‘zga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali so‘zlarda tovushlar palatal
garmoniyaga muvofiq birikadi:
qil, xil, g‘ish, bil, siz, jil va boshqalar. Ba’zan old va
orqa qator variantlari ma’no farqlash funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Masalan,
tiq-tik.
N.S.Trubetskoy ham turkiy tillardagi unlilar garmoniyasini e’tiborga olgan
holda, yuqoridagi sakkizta fonologik qimmatga ega bo‘lgan unlilar sistemasi
mavjudligini va ular faqat birinchi bo‘g‘in
uchungina xos ekanligini, keyingi
bo‘g‘inlar unlisining tembr belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in unlilar ostida ularga
muvofiqlashuvini, demakki, tebr oppozitsiyasi neytrallashuvini ta’kidlaydi.
O‘zbek tili uchun singarmonizm o‘tkinchi hodisa bo‘lganligi uchun, bu tilda
anglash (pertseptiv) va ajratish (delimitativ) funksiyani leksik urg‘u bajaradi.
Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda bo‘lgan hodisaning qoldig‘i sifatida
namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida ayrim affiksal morfemalarning bir necha palatal va
akustik allomorflari mavjud. Bu allomorflar o‘zak morfemaning fonetik xususiyatiga
mos holda qo‘llaniladi. Demak, bu hodisa morfonologiyaning o‘rganish ob’ektidir.
Masalan, jo‘nalish kelishigining
–ga, -ka, -qa, -g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning
har qaysisining qo‘llaniladigan shart-sharoitlari mavjud.
Shuningdek, chiqish
kelishigi akustik variantga:
-dan, -tan. Ammo bunday xususiyat barcha affikslar
uchun xos emas. Xususan, jo‘nalish kelishigidan boshqa kelishik formalari palatal
allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator variantlariga
ega emas.
Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin.
Masalan,
kichik, qiliq, tepki, suzgich, elak kabi. Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida
labial garmoniyaning ham qoldig‘i uchraydi:
ulug‘, buyuk, ulush, kunduz, uchqun,
turg‘un, yugur va boshqalar. Biroq singarmonizmning bu ikki ko‘rinishi ham hozirgi
o‘zbek tili uchun qadimgi qonuniyatning izidir.
Dostları ilə paylaş: