18
Kirish instruktaji
Korxonaga kiruvchi barcha ishchilar, ushbu korxonaga ish-
lash uchun yuborilgan boshqa tashkilotlarning xodimlari (mala-
kasi, ish stajidan va ish tajribasidan qat'i nazar), shuningdek, sta-
jyor va shogirdlar kirish instruktajini oʻtadilar.
Ishchilarning kirish nstruktaji
mehnatni muhofaza qilish
xizmati xodimi yoki ushbu vazifalar yuklangan boshqa
xodim
tomonidan amalga oshiriladi. Kirish instruktaji mehnatni muho-
faza qilish kabinetida ishlab chiqarish sharoitlari uchun oʻquv
materialining oʻziga xos mazmuniga
mos keladigan zamonaviy
texnik oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabi-
yotlardan foydalangan holda oʻtkazilishi kerak.
Kirish instruktaj bir guruh ishchilar yoki alohida ishchilar
bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
Guruhning kattaligi, qoida tari-
qasida, 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish instruktaji oʻtkazilgandan keyin maxsus jurnalga
qayd etilib, sana qoʻyiladi, oʻtkazgan shaxs va oʻtagan xodim
tomonida imzolanadi.
Ish joyidagi instruktaj
Kirish instruktajidan tashqari barcha ishchilar
ish joyida
instruktaj olishlari kerak. Ish joyidagi instruktaj oʻtkazishdan
maqsad, har bir ishchi toʻgʻri va
xavfsiz mehnat usullariga
oʻrgatilishi kerak. Ish joyidagi instruktaj jarayonida ishchi
jihozlar, mexanizmlar,
qurilmalar, ularning xususiyatlari, mum-
kin boʻlgan xavflar va ishning xavfsiz usullari, ish joyini tayyor-
lash tartibi bilan tanishadi. Ish joyidagi instruktajni oʻtkazish
bevosita ishchi boʻysunadigan ustaga topshiriladi. Zarur boʻlgan-
da, tegishli mutaxassislar (mexaniklar, energetiklar, texnologlar,
instruktorlar va nazoratchilar) ishtirokida instruktaj oʻtkaziladi.
19
Elektrik boʻlmagan xodimlar uchun elektr xavfsizligi
toʻgʻrisida instruktaj bosh
energetik tomonidan amalga
oshiriladi.
Ish joyidagi instruktaj ishni xavfsiz olib borish qoidalari va
koʻrsatmalari asosida sex rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan,
korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturlarga
muvofiq oʻtkaziladi. Bunday koʻrsatmalar va ularning roʻyxati
korxona bosh muhandisi va kasaba uyushma qoʻmitasi bilan bir-
galikda tasdiqlanadi.
Ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab
chiqish va ular bilan ishchilarni tanishtirish sex rahbarlariga
yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: