Atmosfera suvlari – yomg`ir va qor suvlari bo`lib, tarkibida begona aralashmalari
kamligi bilan xarakterlanadi. Uning tarkibida tuzlar bo`lmaydi. Asosan, suvda
erigan gazlar (O
2
, SO
2
, H
2
S, azot oksidlari, oltingugurtning kislorodli birikmalari
organik moddalar) bo`ladi.
Yer usti suvlari – daryo, ko`l, dengiz, okean suvlari bo`lib tarkibida D. I.
Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlarni uchratish mumkin. Dunyo
okeani suvida 5 – 10
16
t. tuz erigan holda bo`ladi. Agar buncha tuzni yer shari
yuzasiga bir tekisda yozib chiqilsa, 45 m qalinlikda tuz qatlami bilan qoplangan
bo`lur edi. Dengiz va okean suvlarida 23-15
15
t – Cl, 83-10
12
t -Br, 8-10
9
t - I ,
16-10
14
t - Mg 48-10
13
t – K, 1-10
10
t – Au, 28-10
8
t - Li , bor. 800 mln tonna
molibden, 300 mlrd. t. toriy, 20 ming t. radiy, 164 mln. t. kumush bor. Shuning uchun
ham keyingi yillarda dengiz va okean suvlaridan turli elementlar, tuzlar ajratib
olinmoqda. Hozirgi kunda kimyo sanoati har yili dengiz suvlaridan 200 mln. t. dan
ko`proq osh tuzi olinmoqda. Bundan tashqari ko`plab boshqa elementlar: kaliy,
magniy, brom, uran, oltin, temir rudasi, qalay va boshqalar ajratib olinmoqda. (1990
yilda dengiz suvidan 2250 t. uran ajratib olindi.)
Yer osti suvlari – artezian, buloq, quduq suvlari bo`lib, uning tarkibi, u suv
to`plagan yoki chiqayotgan joyning tuprog`i va tog` jinslarining tarkibi tuzilishiga
bog`liq bo`ladi. U suv tuproq qatlamlaridan filtrlanib o`tganligi tufayli juda tiniq
bo`ladi. Tarkibida organik moddalarning qoldiqlari uchramaydi. Kimyo sanoati
uchun yirik xom ashyo manba’si bo`lgan minerallashgan yer osti suvlaridan turli
kimyoviy birikmalar ajratib olishdi. Masalan: osh tuzi va undan soda ishqor olinadi.
Yana brom va yod hamda ularning turli birikmalari ajratib olinadi.
Suv tarkibidagi barcha begona aralashmalar disperslik darajasiga qarab uchga
bo`linadi:
1. dag`al dispers aralashmalar, zarrachalarning diametri 100 nm. dan katta.
2. kolloid dispers aralashmalar, zarrachalarning diametri 1-100 nm. gacha.
3. molekulyar dispers yoki chin eritmalar.
Dag`al dipers va kolloid aralashmalar mineral yoki organik moddalar bo`lib ular,
asosan turli alyumosilikatlar, silikatlar, gidratlangan silikat kislota, ishqoriy yer
metall karbonatlari, metallarning asosiy tuzlari (asosan temirning tuzi),
o`simliklarning parchalanish mahsulotlari, planktonlar va boshqalardan iborat
bo`ladi.