kerak. Shundan ichak tayoqchasi 1 l. suvda uchtadan ko`p bo`lmasligi kerak.
Umumiy tuzlar miqdori 1000 mg/l. dan oshmasligi talab qilinadi.
Sanoat suvlariga bakteriyalar bilan ifloslanganligi (oziq-ovqat va ba’zi biokimyoviy
sanoat tarmoqlaridan tashqari) muhim ahamiyatga ega emas.
Begona
qo`shimchalarning chegaraviy miqdori ishlab chiqarishning xarakteriga qarab
turlicha bo`ladi.
Suvning sifati: tiniqligi,
tozaligi, rangi, hidi, xarorati, umumiy tuz miqdori,
qattiqligi, oksidlanishi va reaksiyasi kabi fizik, kimyoviy xossalari bilan aniqlanadi.
Suvning tiniqligi uning qanchalik qalinlik qatlamida chillik yoki biror harf tasvirini
vizual yoki fotoelement yordamida ko`rib uni farqlash orqali aniqlanadi.
Suvning
tiniqligi unda dag`al dispers mexanik va kolloid zarrachalarning borligi va ularning
miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu aralashmalar suv o`tkazish quvurlarini, apparatlarni
ichiga cho`kib, uni tiqilib qolishiga, natijada mehnat unumdorligini kamayishiga
yoki
avariyalarga olib keladi, suvni ko`piklatib yuborishga, elektrolizyorlarning
diafragmasini ifloslashga olib keladi.
Suvning tozaligi uning tarkibidagi har qanday begona
aralashmaning soni va
miqdori bilan xarakterlanadi. Ular qanchalik kam bo`lsa, shunchalik toza
hisoblanadi. Suvning tozaligi inson sog`ligi uchun muhim omil bo`lib, yechimini
talab qilinadigan aktual muammo hisoblanadi.
Umumiy tuz miqdori suv, tarkibida mineral va organik aralashmalarning borligi
bilan xarakterlanadi. Uni aniqlash uchun 1 l. suvni bug`lantirilganda qolgan qoldiq
o`zgarmas massaga kelguncha 110
0
C xaroratda qizdiriladi. Hosil bo`lgan massa
umumiy tuz miqdori bo`lib, u mg/l bilan o`lchanadi.
Umumiy tuz miqdori
bug`languncha qattiq qizdirilib, sovigach o`lchanadi, massalar orasidagi farqdan
organik aralashma miqdori ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: