Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning manbalari va tavsiflari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix20.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#121520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning man

Zararsizlantirish – suvdagi bo`lgan mikroorganizmlar va bakteriyalarni: xlorlash 
ozonlash, qaynatish va boshqa yo`llar bilan yo`qotishdir. Suv xlorlash uchun toza 
xlor yoki kaltsiy gipoxloritdan foydalaniladi. Suvni kaltsiy gipoxlorit bilan ishlov 
berilganda atomar kislorod kuchli oksidlovchi hosil bo`lib u mikroorganizmlarni 
o`ldiradi va organik qoldiqlarni oksidlaydi. 
Ca(ClO
2
)
2
+CO
2
+H
2
O=CaCO
3
+2HClO 
HClO=HCl+O 
Suv xlorlanganda ortiqcha xlor, suvga ammiak yoki natriy sul’fit ko`shish yo`li bilan 
yo`qotiladi. Suvdagi qolgan xlorning miqdori 0,2 - 0,4 mg/l. dan oshmasligi kerak. 
Keyingi yillarda suvni ozon bilan zararsizlantirilmoqda. Bunda ozon parchalanib 
atomar holdagi kislorod hosil qiladi. Bunday suv xlorlangan suvdan farq qilib, xlor 
xidiga ega emas. Zararsizlantirish so`nggi yillarda suvni ftorlash 1 mg/l.gacha ftor, 
Na
2
SiF
6
(
Natriy geksaftorsilikat) 
birikmasi shaklida suvga solinadi, bu bir vaqtning 
o`zida kishilarning tishini yemirilishdan ham himoya qiladi, ultrabinafa nuri bilan 
nurlantirish, ultratovush to`lqinlari bilan ishlov berish kumush ionlari bilan ishlov 
berish orqali ham amalga oshirilmoqda. 
Suv zararsizlantirilgach ichishga yaroqli bo`lib ikkinchi ko`tarib berish nasosi 9 
yordamida bosim hosil qilish minorasiga 10 ko`tarib beriladi. Qaysikim, u minora 
vodoprovodlarda suvning doimiy bosimini ta’minlab turadi. 
 
Sanoat suvlarini tayyorlash 
Sanoat suvlari uchun ham begona aralashmalarining miqdori normadan yuqori 
bo`lmasligi kerak va bu norma suvning qaysi tarmog`ida ishlatilishiga: qarab 
turlicha bo`ladi. Masalan, to`g`ri oqimli bug` qazonlari uchun ishlatiladigan suv 
tarkibida qozon quvurlarini korroziyaga uchratuvchi SO
2
va O
2
bo`lmasligi va quruq 
qoldiq miqdori 0,2 - 0,3 mg,/l. dan oshmasligi kerak. 
Qozonlarda bug` bosimining ortishi ham suvning tozaligiga bo`lgan talabni 
kuchaytiradi. Masalan, 1 MPa bosimda katiqligi 0,36 mg/ekv bo`lgan suvni ishlatish 
mumkin bo`lsa, 6 MPa bosimda esa suvning qattiqligi 0,01 mg/ekv. dan oshmasligi 
kerak. 10 MPa bosimda esa to`liq tuzsizlantirilgan va kislorodi mutlaqo bo`lmagan 
suv ishlatiladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin