17
Bundan tashqari, ushbu bo‘limda 10300 – “O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy Bankidagi hisob varaqamlari”, 10500 – “Bankning boshqa banklardagi
hisob raqamlari” nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga tegishli bo‘lgan bir qator
subhisob raqamlari ochilgan. Respublikadagi mavjud qonun qoidalarga asosan
barcha Respublika tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o‘z
vakillik hisobvaraqlarini ochadilar.
Oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar
hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900 hisob raqami esa oldi-
sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallarni hisobga olish uchun
mo‘ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham bir necha subhisob raqamlarni
o‘ziga birlashtiradi.
Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bir qator asosiy
hisob
raqamlarda hisobga olib boriladi. Masalan: 12100 –
Boshqa banklarga berilgan
qisqa muddatli kreditlar, 12300 – Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar,
12500 – Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12600 – Yakka
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12700 – Davlat
korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12900 –
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 13100
– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar.
Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilinadi. Sud
jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda olib boriladi. Bank
investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga olinadi va ikki kategoriyaga
bo‘linadi:
– Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‘lar, O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
Bankining
obligatsiyalariga
hamda
xususiy
obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar;
– O‘z qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli
qog‘ozlarning hisobi yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi.
Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib boriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy moddalaridan
biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga,
operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishi lozim.
II bo‘lim «MAJBURIYATLAR» bo‘limi bo‘lib,
bank balansining
majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va
uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi.
18
Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘armali va
muddatsiz depozit turlariga bo‘linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Unga o‘zi o‘z ichiga
20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub hisob raqamlar turli mulkchilik
shakllariga tegishli bo‘lgan mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari
bo‘yicha alohida tasniflanadi. Jamg‘armali va muddatli depozitlar ham xuddi
shunday tasniflanib, ular bo‘yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda
Bank balansining III bo‘limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‘limidir. Ushbu
bo‘lim o‘z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo‘shimcha kapital» va
30900 – «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Tijorat
bankining aksiyadorlik kapitali bankning o‘z mablag‘lari hajmini ifodalaydi.
Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish
darajasini va tuzilmasini
tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi.
Kapital bo‘limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hisob raqam
“Taqsimlanmagan foyda”ni hisobga olib borish uchun, 30908 hisob raqam esa
boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymatni
hisobga olib borish uchun ochilgan. Ushbu hisob raqamda inflyasiya natijasida
bank asosiy vositalari qiymati qayta baholanganda ularning boshlang‘ich bahosiga
nisbatan qo‘shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi.
Bank
daromadlarini
hisobga
olish
uchun
IV
bo‘lim,
ya’ni
“DAROMADLAR” bo‘limi ajratilgan. “Daromadlar” bo‘limi o‘z ichiga bankning
hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 40200-
44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo‘yicha amalga
oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daromadlari 40201-44901 hisob
raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali
olinmagan daromadlar summasiga 16300 – «Aktivlar bo‘yicha hisoblangan
foizlar» hisobvarag‘idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos
kelgan daromadlar balans hisob raqami kreditlanadi.
45800 asosiy hisob raqamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
hisobga olib boriladi. Investitsiyalarni sotish qiymati ushbu aktivlarni sotib
olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan qiymati nisbati yuqori bo‘lganda
foyda olinishi mumkin.
Boshqa foizsiz daromadlar 45900 asosiy hisob raqamda hisobga olib
boriladi. Bu hisob raqam bankning imoratlari, jihozlari, ko‘chmas mulki va boshqa
xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan daromadlarning hisobini yuritish
uchun mo‘ljallangan.
Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir. Bu bo‘limda
hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar
ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli
xarajatlarining hisobi
19
50101-54902
balans
hisob
raqamlarida
yuritiladi.
Barcha
xarajatlar
majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan.
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan ko‘rilgan
zararlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamlarda, hisobga olingan
zararlarning hech biriga tegishli bo‘lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900-
«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks ettiriladi.
VI bo‘lim «KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‘YICHA HISOB
RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans
ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buning
uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan
tashqarida joylashgan hisob
raqam uchun kontr – hisob raqam biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, ular buxgalteriya
yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi.
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga
olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo
qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: