9-rasm.
Bank bo’linmalari (ofislari)ning administrativ-moliyaviy
tuzilishi
20
Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko’rinishda amalga oshadi:
dastlabki, joriy va so’nggi.
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni nazoratga
olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o’rnatilgan
mezonlarga
amal
qilinishini
nazorat
qiladi.
Ushbu
mezonlar
xizmat
yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti,
ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi.
20
www.allbest.ru
materiallari
.
Nazorat bo’linmalari
Bosh buxgalter
Boshqaruvchi
O’rinbosar
Yordamchi
bo’limlar
kassirlar
Moliyaviy-operatsion
bo’limlar
Pul mablag’larini
saqlash va qabul qilish
guruhlari
169
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar
bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi.
Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham
nazorat ostiga olinadi.
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish
imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to’la
nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida
xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga
ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini
to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi
kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib
xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish
eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy
nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis
xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi,
ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash
maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro shartnomalar asosida
xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi
ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi
jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak:
- Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy
hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
- Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi;
- Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l
qo’yilmaganligi;
- Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan
namunalarga mosligi va boshqalar.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob
hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi:
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa;
- Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami
o’zgartirilgan bo’lsa ;
- Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan
bo’lsa;
- To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri
mavjud bo’lmagan holda;
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli
mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga
to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari mijozning
hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son
kartatekaga qabul qilinadi);
- To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa.
170
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob-
kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng amalga
oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
- Dastlabki
nazoratdan
o’tkazilgan
to’lov
hujjatlarining
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi
va
ularning
electron
nushalarining
to’g’ri
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi;
- Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo
namunalari bilan solishtiradi;
- To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi
buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi;
- Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov
hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga
oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat farmoyishlarining
nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi.
Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik
operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va
rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat
xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va
elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank
operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot
rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
1) o’z aktivlari butligini ta'minlash;
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining
har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki
nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib
tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi
lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki
nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks
yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish
va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni
taminlaydi. OATB “Hamkorbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va
tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida
ma’lum vazifalarni bajaradi:
|