2.Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar omonatchilarning talab
qilinishi bilanoq beriladigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag’lar
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati
alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon
xo’jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag’i bo’yicha
vujudga keladigan munosabatlari bank hisobvarag’i shartnomasi bilan tartibga
solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari
bo’yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko’ra (agar, bank omonati
shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa)
omonatchining tegishli ko’rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan
kechikmagan holda uning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi shart.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari
bo’yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatning
asosiy summasini birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to’lash
shartlari bo’lishi lozim.
184
3.Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi.
Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo’naltiriladigan
yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg’arma omonatlar
hisoblanadi.
Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida bank
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so’ng, bank
omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasi qo’yilishi shart. Jamg’arma
omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo’shimcha mablag’lar
kiritilishi mumkin. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi bank omonati
shartnomasida aniq belgilanishi lozim.
Jamg’arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Ma’lum maqsad uchun jamg’ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga
yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.
Omonatchiga foizlar yutuq ko’rinishida to’lanadigan omonatlar yutuqli
jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag’lari, omonatga qo’shimcha
foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Omonat qo’yishda bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan shartlarning
bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo’lgan uchinchi shaxs nomiga
qo’yilgan omonatlar shartli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Masalan,
“Omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng, omonat beriladi” yoki “Voyaga
yetgach beriladi” kabi shartlar belgilangan bo’lishi mumkin. Omonatchining
xohishiga ko’ra, shartning bajarilish muddati masalan, “20___ yilda omonatchi
o’quv yurtini tugatgandan so’ng omonat beriladi” kabi belgilar bank omonati
shartnomasida ko’rsatilishi mumkin.
Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg’arma omonat
hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan,
omonatchi topshirig’i asosida bank uning jamg’arma omonat summasini bankdan
olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to’loviga, kommunal to’lovlarni amalga
oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin.
Agar omonatchi jamg’arma omonatni bank omonati shartnomasida
ko’rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida
bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo’ljallayotgan sanadan
kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin
qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.
Muddatli omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida muddatli bank
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so’ng,
muddatli bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasini qo’yishi
shart. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida
belgilanishi lozim.
Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib
berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni
olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Muddatli omonatlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi:
185
muddati 30 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 90 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 180 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 365 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 365 kundan ortiq bo’lgan omonatlar.
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin
muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan
keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnoma omonatni
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb
hisoblanadi.
Bank tomonidan jalb qilingan omonatlar bo’yicha foizlar hisoblanadi va
omonatchiga to’lab beriladi. Omonatlar bo’yicha foizlar 2004 yil 30 yanvardagi
№-1306-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida”gi Nizom asosida
amalga oshiriladi.
Omonatlarga to’lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari
talablari doirasida belgilanadi.
Bank omonati shartnomasida to’lanadigan foizlar miqdori haqida shart
bo’lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga
to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo’lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan
foizlar miqdorini o’zgartirish huquqiga ega.
Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori
foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo’yilgan
omonatlarga nisbatan qo’llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa
muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu xabarga qadar qo’yilgan omonatlarga
nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy
o’tganidan keyin qo’llanadi.
Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir
omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.
Jamg’arma va muddatli omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasida
belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan
bo’lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu
omonatlar bo’yicha mablag’lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan
hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, omonat
bo’yicha foizlar to’lanmaydi.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan
boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining
hisobvarag’idan o’chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining
hisobvarag’i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag’lardan
foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo’lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o’tganidan keyin
omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to’lanadi, bu muddatda
186
talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo’shilib
boradi.
Omonatga topshirilgan mablag’ qo’yilgan kunning o’zida to’liq yoki qisman
qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.
Qo’shimcha mablag’lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya
amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan
yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining hisobvarag’idan o’chirilgan kundan
oldingi kungacha yoziladi.
Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo’yicha foizlarni
oldindan to’lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan
oldin olish niyati bo’lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga
hisoblangan foizlar summasi avans tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan
kam bo’lsa, o’rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan,
shuningdek, muddatli va jamg’arma omonatlar muddati tugashi bilan
qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to’lanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil
qiladi. Har bir tijorat banki o’z faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari asosan bankni
tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb kilingan
mablag’lar esa bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi.
SHuning uchun ham xar bir tijorat bankining jalb kilingan mablag’larini doimiy
taxlil kilib borish bankning barkarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat
banklarida puxta uylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi,
banklarda ushbu siyosatlarning to’g’ri tashkil etilganligi ular orasidagi bog’liqlik
va nisbatning optimal tanlanganligini banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun asos bo’lishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul
mablag’larini bankga jalb kilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari
deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq
passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari
o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit
siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshka faoliyat turlari bilan
chambarchars bog’lik bo’lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning
barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga
oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |