22
– Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni
Hisob-Markaziga jo‘natish vaqti O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida
elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom
hamda unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar asosida amalga oshirilishi
lozim.
– Operatsiyalarning sifatli o‘tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir
bank bo‘limida doimiy ravishda bankka katta
miqdorda hisob-kitob va pul
hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy
grafiklarini tuzish lozim.
– Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita
buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan
so‘ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali
topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
– Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
summalar, jumladan, budjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd
pul to‘lovlari mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida
yetarli pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablag‘lar
chegarasida to‘lanadi.
Quyida banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi to‘g‘risidagi
namunaviy ko‘rsatmalarni keltiramiz:
Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi.
– Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni
tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli
hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar bo‘yicha
hisobvaraqlar
kartotekasiga joylashtirish bilan shug‘ulanadi.
– Pul sanash kassasidan tushumni yig‘ishga doir hujjatlar operatsion bo‘lim-
buxgalteriya xodimi qo‘liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim.
Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab
bo‘lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa
daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
– Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul
hujjatlari to‘lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi.
– Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi.
– Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi
bo‘yicha o‘tkaziladi.
– Operatsion kun tugagandan so‘ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar
bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi.
- Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi.
- Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo‘yicha summalarini kiritish va
olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan
boshqalarga berilishi
kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib
turilishi lozim.
23
- Joriy kun operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisob-kitob markaziga ular bilan
kelishilgan maxsus grafik bo‘yicha berilishi kerak.
- Ekspeditsiya bo‘limiga hujjatlar ish kuni oxiriga kamida 1-1,5 soat qolganda
qabul qilish to‘xtatiladi.
Endi bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Bankning har bir operatsiyasi bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘z xususiyatlari bor
(naqd pulsiz, kassa, kreditlash). Kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga
ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari bo‘yicha
hujjatlar aylanishini ko‘rib chiqamiz.
1-rasm
Dostları ilə paylaş: