Bank hisobi va audit


Bank kafolatlari va ularning hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.Bank kafolatlari va ularning hisobi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri pul aylanishini 
to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul 
munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va 
tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada 
bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar 
yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining 
moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, 
pensiya fondi, sug’urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo’ladigan 
pulli munosabatlar vujudga keladi.
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan puli munosabatlarda pul shakillaridan 
foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulsiz 
aylanishga va nakd puli aylanishga bulinadi. Chakana savdo va axoliga pullik 
xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshriladi. Bundan tashqari, naqd puli 


234 
aylanishga komunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi xizmatchilarga ish xaqi va 
shunga tenglashtirgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga baddalar to’lash, 
uy-joy qurulishi va boshqa maqsadlar uchun axolii tomonidan olingan kreditni 
naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq, to’lovlarning to’lanishi kiradi. 
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pulsiz aylanishi 
tashkil etadi. Naqd pulsiz aylanishi naqd pulsiz hisob- kitob shakllari asosida olib 
boriladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank 
tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan mikroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va 
uni tartibga solish nuqtai-nazaridan davlatlarning qiziqishi, mulkchilik 
shakillarining ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi 
asos bo’ladi. 
Avvalombor to’lovlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning balansdan 
tashqari operatsiyalarni o’rganishda naqd pullar, ya’ni banknota va tangalar bilan 
bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ko’rib chiqsak. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi 
hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul 
belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo’lib, ularning 
muomalada bo’lish qoidalarini belgilaydi. Shu sababli tegishli tartib-qoidalarni 
ishlab chiqadi va joriy qiladi. 
Xozirgi kunda naqd pul bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarda 
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,inkassatsiya va qimmatliklarni 
tashishga doir” 1831-sonli yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi. 
Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni 
nazorat qilishlari shart. Pul va metall tangalarni qabul qilish hamda ular bilan 
ishlashda eskirgan, shikastlangan, shuningdek nuqsonli metall tangalar 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul va metall 
tangalarning to’lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash Qoidalariga binoan 
muomaladan chiqariladi.
Kassirlar, pul sanash mashinalarida qayta sanalgan pul va tangalarni, 
shuningdek bevosita pul tushumini topshiruvchilar tomonidan saralangan pul va 
tangalarning haqiqiyligi, to’lovga yaroqliligi va eskirganligini aniqlash 
mas’uliyatidan ozod etilmaydi. 
To’lov yoki almashtirib berish uchun qabul qilingan qalbaki yoki to’lovga 
yaroqsiz pullarni qabul qilib olgan bank kassirlari, o’zlari qabul qilgan qalbaki 
yoki to’lovga yaroqsiz pul va metall tangalarning umumiy summasi bo’yicha 
moddiy javobgar hisoblanadi. 
To’lov qobiliyatini yo’qotgan pullar almashtirib berilmaydi. 
Banklar va ularning filiallari yong’inlar yoki boshqa baxtsiz hodisalar 
oqibatida yaroqsiz holga kelgan pullarni (Davlat yong’in nazorati organi 
tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilganda), ularning haqiqiyligiga 
ishonch hosil qilgach, bank (filial) rahbari ruxsati bilan almashtirib berish 
huquqiga egadirlar. 
Shikastlangan pullarni almashtirib berish, mijozlar ularni bank kassasiga 
taqdim etganlaridan so’ng, buxgalteriya o’tkazmalarisiz amalga oshiriladi. 


235 
Shikastlangan pullarga "Almashtirilgan" degan to’rtburchak muhr bosiladi va unda 
bank nomi, sanasi, pulning haqiqiyligini ko’zdan kechirgan shaxsning lavozimi 
ko’rsatilib, uning imzosi qo’yiladi. Ko’rsatib o’tilgan pullar eskirgan pullar 
toifasiga o’tkaziladi. 
Kelgusida pullarning butligini vaqtincha saqlash maqsadida, kassirlarga 
shikastlangan pullarni butun holda kalkaga yoki yupqa qog’ozga yopishtirish, 
tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida o’rab bog’lash 
tavsiya etiladi. 
Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch, 
tsellofan va hokazolar) bilan elimlash qat’iyan man etiladi.
Agarda kassir uchun pul va tangalarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda 
qiyinchilik tug’ilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari bo’limining 
boshlig’i (kassa mudiri), zarur hollarda esa - bank rahbari qabul qiladi. 
Almashtirib berishga ruxsat etilmagan pullarga "Almashtirib berish rad 
etildi" degan to’rtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan 
xodimning lavozimi ko’rsatiladi va imzosi qo’yiladi. 
Agar bank xodimlari pullarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar, 
ushbu pullar mijozning xohishiga binoan ariza shakliga muvofiq, ekspertizaga 
qabul qilinishi mumkin. 
Pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi 
kvitantsiya beriladi. 
Ekspertizaga qabul qilingan pullar ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari 
orderlari asosida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar" 
hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan 
pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda 
ularning to’lovga yaroqliligiga shubha tug’diradigan pul va tangalar ham aynan 
shu hisobvaraqqa kirim qilinadi. 
Debet 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar 
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Keyinchalik ekspertizaga olingan pullar bank mijozlarining arizalari bilan 
birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda 
joylardagi Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazlari 
(HKKM)ga ro’yxat asosida inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali jo’natiladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan to’lovga yaroqsiz va ularning to’lovga 
yaroqliligini aniqlashda shubha tug’diruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning 
hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh 
boshqarmasiga yuboriladi. 
Bank filiallari tomonidan jo’natilayotgan pullar 90143 "Ekspertizaga qabul 
qilingan yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’ining alohida ochilgan shaxsiy 
hisobvarag’ida o’z nominal qiymatida hisobga olinadi.
Debet 90143 - Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar 
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 


236 
Pul joylangan jo’natmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va 
kassa mudirining surg’uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar 
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim 
qilinib, kirim qilinganligi haqidagi yozma tasdiqnomani bank filiali olganidan 
so’ng, ushbu pullar ekspertizadan o’tkaziladi. To’lovga yaroqsiz deb topilgan 
summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi to’g’risida olingan 
tasdiqnomadan so’ng, amalga oshiriladi. 
To’lovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga 
o’tkaziladi hamda bir vaqtning o’zida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot 
va tangalar" hisobvarag’idan chiqim qilinadi. 
Debet 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Kredit 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar 
Ekspertizaga yuborilgan pul va tangalarni almashtirib berish rad etilgan 
taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa 
markazi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa 
markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda ma’lum qiladi. 
Shikastlangan pul va tangalarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha ularni 
ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli 
bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir. 
Qalbaki pullar 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar" 
hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi va bu haqda bank 
rahbariga xabar qilinadi va u O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
maxsus ko’rsatmalariga binoan belgilangan tartibda Ichki ishlarning tuman 
(shahar) organlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya 
va raqamini ko’rsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan 
chiqim kassa orderi bo’yicha tilxat asosida huquqni muhofaza qilish organiga, 
uning yozma so’rovnomasiga asosan beriladi. Qo’shimcha axborot Markaziy 
bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari 
departamentiga ma’lumot uchun yuboriladi. 
Qayta sanash vaqtida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda 
tangalar uchun o’sha xaltaga tegishli bo’lgan ilova qaydnomasi va xaltadagi yuk 
xatiga dalolatnoma tuzilib, unda har bir pulning seriya va raqamlari, qiymati 
hamda tangalar summasi ko’rsatiladi. To’lovga yaroqsiz pullarga "Almashtirib 
berish rad etildi" degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul 
qilgan shaxsning imzosi ko’rsatiladi. 
Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga 
boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
xaltalarida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning 
raqami yoki tangalar summasi bo’yicha qabul qilinganligi yuzasidan 
ma’lumotnoma tuzadi. Ma’lumotnoma 003-shakldagi kirim orderlarini tuzish va 
ko’rsatib o’tilgan pullarning 90145 "To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar" 
hisobvarag’iga kirim qilinishi uchun bankning bosh buxgalteriga yuboriladi. 
Debet 90145 - To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar 


237 
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha 
kontr-hisobvaraq 
Kirim orderlari uch nusxada tuzilib - birinchi nusxasi kunlik kassa 
hujjatlariga, ikkinchisi - buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning 
uchinchi nusxasi - to’lovga yaroqsiz (qalbaki) pullar bilan birga saqlanadi. 
Shundan so’ng, orderlar, to’lovga yaroqsiz pul va tangalar kassa mudiriga 
topshiriladi.
To’lovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun 
mobaynida mijozning talabiga ko’ra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti 
bilan, unga ko’rsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu to’lovga yaroqsiz pullar 
inkassotorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-
kitob-kassa markaziga ro’yxatlarbilan birga 90143 "Ekspertizaga qabul qilingan 
yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha 
yuboriladi. Ushbu to’lovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar 
tomonidan ekspertiza qilinganidan so’ng, belgilangan tartibda yo’q qilinadi yoki 
almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin