29
oshirishi kerak. Ichki nazorat xizmatining xodimlar tarkibi bankning ko’lami, u
bajaradigan operatsiyalar murakkablik darajasiga bog’liq holda boshqaruv
tomonidan belgilanadi.
Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini tashkil qilishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Bank ishidagi risklar likvidlilikning tushib ketishi, katta
moliyaviy yo’qotishlar va zararlarga olib kelishi mumkin. Ichki nazoratda ushbu
yo’nalishni tashkil qilishdan asosiy maqsad kredit tashkiloti tomonidan
qonunchilik hamda markaziy bank va boshqa tegishli organlar tomonidan qabul
qilingan normativ hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish yo’li bilan mavjud
risklarni cheklashdan iborat.
Amerikaning aksionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya hisobi
bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha
talqin etadi (Bauen va Uolker, 1978 )
7
:“Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu
tashkilot (ma’lum biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida
qabul qilingan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: (1) o’z aktivlarini saqlash; (2)
hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish; (3)
operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; (4) tasdiqlangan
boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati
paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini to’laroq ochib
berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini kuzatish va
ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun javobgar.
Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan
tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda profilaktik
funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Quyida nazorat tizimining ikki bo’g’ini ko’rsatib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: