Bank hisobi va audit


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida 
talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida 
tijorat banklariga oid me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi 
Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan 
ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini 
o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali 
foydalanish, O’zbekiston Respublikasida bank sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank, tijorat banklari va ularning rasmiy saytlaridan yangi 
ma’lumotlarni olib foydalanish lozim. Mustaqil ta’limni amalga oshirishda yo’nalishlar bo’yicha 
har bir mavzuni bajarish muddati alohida belgilanadi. 


251 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: taqdimot 
tayyorlash, referat yozish, amaliy materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda 
axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish 
maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va talabalar fanni 
mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab 
topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi. 
Taqdimot va referat ishini yozish va rasmiylashtirish. 
Talaba tanlangan mavzular bo’yicha taqdimot yoki referat ko’rinishida taqdim etishi 
mumkin. Semestr davomida har bir talaba kredit va bank bo’limga oid 2 ta mustaqil ish bajarishi 
lozim. Quyidagi barcha talablarni bajargan holda talaba bir mustaqil ishi uchun 5 ballni to’play 
oladi. Agarda talaba belgilangan talab doirasida bajarmasa, 3 balldan past baho olishi mumkin. 
Taqdimot ishini tayyorlash. Power Point dasturida tayyorlangan slaydlar taqdimot qilish 
uchun mo’ljallangan, unda qisqa, aniq ma’lumotlar hamda bog’langan chizmalar, rasmlar va 
boshqa rangli tasvirlar bo’lishi lozim. Taqdimot 15 slayddan kam bo’lmasligi lozim. 
Referat ishini tayyorlash. Referat ishi odatda, kirish, asosiy qismi va xulosa qismlaridan 
iborat bo’ladi. Xususan: 
Titul varag’i; 
Kirish
Asosiy qism: 
1) 
2) 
3) 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ahamiyati aks ettiriladi. 
Asosiy qismda talaba tanlangan mavzu bo’yicha atroflicha o’rganib, mavzu yoritib berishi 
zarur. 
Adabiyotlar ro’yxatini quyidagi tartibda rasmiylashtirish qabul qilingan: 
1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari. 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining 
qarorlari. 
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari 
4. Ilmiy adabiyotlar 
5. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va xisobotlar 
6. Internet saytlari 
Foydalanilgan xar bir manbaning muallifi, to’liq nomi, nashr etilgan joyi va vaqti (qaysi 
tilda nashr etilgan bo’lsa, shu tilda), hajmi hamda beti ko’rsatiladi, foydalanilgan rus tilidagi 
adabiyotlarni shu tilda kirill alifbosida keltirish to’g’ri bo’ladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin