30
Bank ichki nazorati tizimining samaradorligi bir qancha tashqi va ichki
omillarga bog’liq.
Tashqi omillar jumlasiga, birinchi navbatda, ichki nazorat
tizimini tashkil qilishning meyoriy-huquqiy bazasi mavjudligi kiritiladi. Agar
mamlakatda bank tizimi
va uning faoliyat yuritishi, bajarilgan operatsiyalarning
bosqichli nazorat qilinishiga oid to’laqonli huquqiy baza yaratilgan bo’lsa har bir
bank xodimi o’z vazifasidan kelib chiqib faoliyat yuritishi va bajarayotgan
operatsiyalarining qonun doirasidaligi va samaradorlini to’la
nazorat qilishga
erishadi. Ichki faktorlar jumlasiga bankda paydo bo’ladigan har qanday
vaziyatlarni sifatli va operativ baholay oladigan va bank faoliyatidagi risklarni
kamaytirish bo’yicha turli yo’nalishlarni ko’rsatib
beradigan qobiliyatli
mutaxasislarning mavjudligini kiritish mumkin. Ichki nazoratni amalga oshirish
uchun bankda alohida maxsus bo’linma tashkil qilingan bo’lishi kerak. Va
nihoyat, sifatli ichki nazoratni amalga oshirishning dastlabki shart-sharoiti shu
bank va boshqa raqobatchi banklar faoliyati to’g’risida to’liq
va ishonchli
malumotlarning mavjudligidir.
Dostları ilə paylaş: