Bank hisobi va audit


Ichki nazoratini tashkil qilish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.Ichki nazoratini tashkil qilish. 
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini 
tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda 
har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha xodimlarining 
o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan lavozim 
majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi faqatgina 
o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar 
ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum 
vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki nazorat xizmatiga 
to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank asosan mijozlar 
mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo’g’inda 
shartligi yaqqol ko’rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning 
amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish 
yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat vazifalarini 
to’laqonli bajarishini nazorat qilish. 
2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini 
tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul 
qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma” 
hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy 
hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar shular 
jumlasidan.
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali 
amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank 


31 
tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini 
ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning 
me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda 
to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga 
qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat 
tartibida amalga oshadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin