Bank hisobi va audit


-rasm. Ichki nazorat tizimi va boshqaruv o’rtasidagi o’zaro tashkiliy



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

6-rasm. Ichki nazorat tizimi va boshqaruv o’rtasidagi o’zaro tashkiliy 
tuzilma
11
 
3.Dastlabki nazorat, joriy nazorat, so‘ngi nazorat. 
Bankda o‘tkaziladigan har bir operatsiya albatta bank tomonidan tekshirib 
borilishi kerak, ya’ni bank operatsiyalari bajarilayotganda ular qonuniy 
rasmiylashtirilishi hamda mablag‘lar va boyliklar but saqlanishi tegishlicha nazorat 
qilinishi ta’minlanmog‘i lozim.
Ichki bank nazorati 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: 
1. Dastlabki nazorat. 
2. Joriy nazorat. 
3. Yakuniy nazorat.  
11
Nazariy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan yaratilgan. Bunda banklarning tarkibiy strukturasi 
inobatga olingan.
Bank kengashi 
Bank boshqaruvi 
Boshqaruv 
o’rinbosari 
Bank tarkibiy 
bo’linmasi 
Boshqaruv 
o’rinbosari 
Ichki nazorat xizmati 
Risk nazorati xizmati 
Boshqaruv 
o’rinbosari 
Bank tarkibiy 
bo’linmasi 
Bank tarkibiy 
bo’linmasi 


37 
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish 
Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga 
bo‘lingan bo‘lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit 
bo‘lgan hollarda mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan 
oldin ularning bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos 
ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy 
valutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga 
rioya qilinishi lozim. 
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan 
shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va 
to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va 
tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf 
etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi 
tekshiriladi.
Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga 
zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijozga ijroga qabul 
qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari 
raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan 
tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reyestri 
bor bo‘lgan holatda inkassaga qabul qilinadi. 
Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olguncha 
depozit hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina 
qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha 
taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun 
yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 
To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan 
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks 
holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan 
hamda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan 
to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno).
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, 
(to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan 
holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul xodim 
qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining 
nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan 
yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo 
namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan 
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga 


38 
kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy 
nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin