40
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari mijozlarga “so‘mda
yuritiladigan
hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valutadagi operatsiyalar hisobini yuritish
maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin. Xorijiy
valutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valuta turi
bo‘yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo‘yicha kodlash tizimi besh xonali bo‘lishi belgilangan. Dastlab
aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning
kodlari esa juft sonlardan
iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qabul qilish va eslab qolish uchun
ko‘zda tutilgan edi. Lekin yangi hisobvaraqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib
bir oz o‘zgardi. Balans hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida
yuritiladi. Operatsiyalar ular bo‘yicha mablag‘lar harakatlangan kundan qat’iy
nazar bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks
ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil
belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta
ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan
holda qayd etish yoki ushbu
hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi
shart.
Dostları ilə paylaş: