44
Kirim kassa jurnalida bir necha mijozning kirim kassa operatsiyalari qayd
etiladi. Chiqim kassa jurnalining ham ko‘rinishi shunday bo‘lib, unda chiqim kassa
hujjati sanasi, nomeri va seriyasi ko‘rsatiladi.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan alohida kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha
ikki nusxada tuziladi. Balans hisobvarag‘i va butun jurnal bo‘yicha yakunlar
chiqariladi. Yakunlar kassa ma’lumotlari bilan taqqoslangandan so‘ng
birinchi
nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh daftar ma’lumotlari bilan
taqqoslash, shuningdek, kirim va chiqim hujjatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi.
Operatsion kun tugagandan so‘ng, ular yig‘majildga, ya’ni alohida papkaga tikilib,
har kuni hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlovchi xodimga taqdim etiladi.
Bank
asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallari sotib olinganda
ularning har biri bo‘yicha
alohida kartochka ochib, qabul qilish sanasi, summasi,
hisoblanib borilayotgan eskirish summasi,
ularning qoldiq summasi, ya’ni balans
qiymati kabilar ko‘rsatib boriladi. Ushbu kartochkadagi ma’lumotlar asosida
moddiy boyliklar haqida batafsil axborot olish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, biz Yordamchi
kitob orqali moddiy boyliklar, mablag‘larni
konkret ko‘rinishda hisobga olinishi, mablag‘ va moddiy boyliklar bo‘yicha hisob-
kitoblarni nomma-nom turi bo‘yicha alohida olib borilishi bilan tanishib chiqdik.
Dostları ilə paylaş: