Bank hisobi va audit


Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
4. Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish 
tartibi. 
Har kuni ertalab operatsion kun boshlanmasdan oldin mas’ul ijrochilar bir kun 
avvalgi operatsiyalarning to‘g‘ri yakunlanganligini nazorat qilish uchun dastlabki 
hujjatlarni Yordamchi kitob materiallari bilan taqqoslaydilar, so‘ng ularni Bosh 
kitobda qanday aks ettirilganligi tekshirib chiqiladi. Ba’zan xatoliklar aniqlanishi 
mumkin.
Lekin bunday hollarda kunlik balans hisobotlari va shaxsiy hisobvaraqlarga 
qo‘lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Summalarni o‘chirib 
yozish va tuzatish, shuningdek, o‘chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, ularga 
tuzatishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu 
xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya
yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan tuzatish memorial orderlari asosida 
to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning 
roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan 
shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart. 
Agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko‘rsatsa, tuzatish orderlari to‘rt 
nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order bo‘lib xizmat qiladi
ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo‘yicha 
bildirishnomalar bo‘lib hisoblanadi, to‘rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi. 


46 
Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga 
boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart. 
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l 
qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, shu 
sabab ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning to‘rtinchi nusxasining orqa 
tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etiladi, ijrochi, 
shuningdek, noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan shaxsning lavozimi va 
familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo‘lgan 
arizalar kitobga tikilgan memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim. 
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan 
shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To‘g‘rilangan” belgisi 
qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan sana va to‘g‘rilangan memorial orderning raqami 
ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial orderini imzolagan bosh 
buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Bosh buxgalter to‘g‘rilangan memorial orderlarning kitobchada qolgan 
nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu 
xatolar sabablarini o‘rganib, ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin