Bank hisobi va audit


 Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi. 
Agar ariza bergan korxona mazkur bankda birinchi marotaba depozit 
hisobvaraq ochayotgan bo‘lsa, bank O‘zbekiston Respublikasi Bank 
Depozitorlarining Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) dan arizachi ro‘yxatdan 
o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot so‘raydi. Agar arizachi BDMABdan ro‘yxatdan 
o‘tmagan bo‘lsa, bank arizachi taqdim etgan hujjatlar asosida mijoz faylini 
shakllantiradi. Mijoz fayli bankda yuritiladi va unda har bir mijoz to‘g‘risidagi 
kerakli va to‘g‘ri ma’lumotlar saqlanadi. Mijozning fayli shakllantirilgandan keyin 
bank mijozga identifikator, ya’ni xosraqam berish maqsadida ikkinchi marta 
BDMABga murojaat qiladi va mijoz to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. 
BDMABda har bir mijoz to‘g‘risidagi barcha rekvizitlar saqlanadi. Mijoz haqidagi 
ma’lumotlar asosida unga xosraqam beriladi va talab qilinguncha saqlanadigan 
asosiy depozit hisobvaraq ochiladi. Mijozlar shaxsiy hisobvaraqlarining nomerlari 
ularda hisobga olinadigan mablag‘lar va boyliklar xarakteriga qarab 20 razryaddan 
iborat bo‘ladi. 
Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlardan tarkib 
topadi:
scccc vvv k ssssssss NNN
bunda: 
scccc – bosh kitob balans hisobvarag‘i;
vvv – valuta kodi; 
K – nazorat kaliti; 
ssssssss – mijozning BDMABdagi ro‘yxat nomeri (mijoz xosraqami); 
NNN – shu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning shaxsiy hisobvaraq
tartib nomeri. 
Bosh kitob balans hisobvarag‘i nomeri hisobvaraqlar rejasiga muvofiq 
aniqlanadi, valuta kodi “Jahon mamlakatlari va valutalari tasniflagichi” asosida 
belgilanadi. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib nomeri BDMAB xizmat ko‘rsatish 
markazida beriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotga komputerlarda 
ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy 


49 
hisobvaraqlarga nomerlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy 
hisobvaraqda uning tartib nomeri 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.
Barcha hisobvaraq nomerlari bankda 61-shakldagi daftarda qayd etiladi. 
Shaxsiy hisobvaraq nomerlari bank bosh buxgalteri tomonidan imzolar va muhr 
nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobvaraq ochish haqidagi mijozning 
arizasiga yozib qo‘yiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin