Bank hisobi va audit


-MAVZU. BANKLARDA DEPOSIT OPERATSIYALARI HISOBI



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
6-MAVZU. BANKLARDA DEPOSIT OPERATSIYALARI HISOBI. 
Reja: 
1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.
2. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi.
3. Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi.
1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi. 
Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va 
shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy 
islohotlarning keng qamrovliligi, shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
tijorat banklari passiv operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining 
ahamiyatini oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini 
ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini 
shakllantirish imkoniyatini beradi.
Shu bois, tijorat banklari depozit siyosati ularning asosiy vazifalaridan biri 
bo’lib, banklarning aktiv operatsiyalari natijasida shakllantirilayotgan daromadlari 
hajmi ushbu siyosatning samaradorligiga bevosita bog’liq.
“Depozit” so’zi lotincha “dipositum” – “saqlashga topshirilgan buyum” 
ma’nosini, “siyosat” so’zi grekcha “politike” so’zidan olingan bo’lib, “davlatni 
boshqarish sa’nati” ma’nosini anglatar ekan.


54 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining chuqurlashuvi banklararo 
raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu tijorat banklari depozit siyosati 
samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Chunki, tijorat banklari jalb qilgan 
mablag’larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar bank mijozlari 
tomonidan qo’yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag’ida ma’lum 
vaqtgacha saqlanadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan 
mablag’lari bo’yicha bank va mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarni 
aks ettiradi
12
. Depozitlarning guruhlanishi bo’yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan manbalar bir-biriga mos kelmaydi. Ayrim manbalarda 
ular asosan uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to’rtta guruhga ajralishi 
ta’kidlanadi, Markaziy bankning depozitlar to’g’risidagi nizomida esa beshta 
guruhga bo’lingan
13

Tijorat banklari depozit operatsiyalarini bu tartibda guruhlanishi ularni 
moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va beqaror mablag’larga hamda to’lovliligi 
jihatidan nisbatan qimmat va arzon depozit mablag’lar sifatida tasniflashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Mablag’larni tashkil topishi jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar 
guruhiga ajratish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor, depozit operatsiyalari natijasida 
vujudga keladigan mablag’larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror 
mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi. Arzon 
bank resurslari guruhiga esa o’z – o’zidan aniqki nisbatan beqaror xususiyatga ega 
mablag’lar kiradi. 
Tijorat banklari depozit mablag’lari tarkibida talab qilib olinguncha 
saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlariga korxona, tashkilot, muassasa va 
boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob–kitob va joriy hisobvaraqlarida 
saqlanadigan pul mablag’lari kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan 
hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan past miqdorda, ayrim hollarda esa 
umuman foiz to’lovlari to’lamaydi. Shu jihatdan, tijorat banklarining ushbu 
depozit manbasi beqaror moliyaviy manba sifatida ta’kidlashimiz mumkin. Chunki 
bank ushbu manbalar hisobidan aktiv operatsiyalarini amalga oshiradigan bo’lsa, 
uning faoliyatida turli iqtisodiy muammolar vujudga keladi. Ularning asosiylaridan 
biri vakillik hisobvaraqlari bilan bog’liq taqchillik muammosi hisoblanadi. 
Tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozitlar moliyaviy jihatdan 
barqaror manba hisoblanadi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, 
depozit mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib, ularning muddati kamida 
bir oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar ushbu depozit turi bo’yicha 
nisbatan yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Muddatli depozitlar oldindan 
ogohlantirish asosida muddatidan oldin bankdan qaytarib olinishi ham mumkin. 
Bunda bank mijozga depozit mablag’ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima 
tarzida shartnomada kelishilgan foiz to’lovlarini to’lamaslik huquqiga ega bo’ladi. 
12
Финансы и кредит: Учебник под ред. проф. М.В.Ромоновского, проф. Г.Н.Белоглазовой. –М.: Юрайт-
Издат, 2003. -С. 390. 
13
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami.–
Toshkent:O’zbekiston, 2003.88-b. 


55 
Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi – bu 
jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga 
uning mablag’i harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni 
aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi.
Jamg’arma depozitlarining asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank 
amaliyotida keng qo’llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.
Boshqa 
depozitlar 
guruhiga 
banklarning 
yuqorida 
qayd 
etilgan 
depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo’yicha talab qilib olinguncha 
bo’lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli 
ishonchli mablag’lar va shunga o’xshash boshqa moliyaviy operatsiyalar va 
majburiyatlar bo’yicha depozit hisobvaraqalarini ochishi mumkin
14

Demak, tijorat banklari depozit siyosati – bank siyosatining ajralmas 
elementi bo’lib, uning asosiy maqsadi bankning depozit resurslarni shakllantirish, 
boshqarish bilan bog’liq strategik va taktik faoliyati harakatini ishlab chiqish 
hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil 
etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish 
va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag’lar 
esa, bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shuning 
uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib 
borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida 
puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida 
depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va 
nisbatning optimal tanlanganligigina banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi 
uchun asos bo’lishi mumkin. 
Depozit operatsiyalarning subyektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari 
qatnashsa, ikkinchi tomondan: 
- davlat korxona va tashkilotlari; 
- moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar; 
- xususiy korxona va tashkilotlar; 
- aktsioner kompaniyalar; 
- banklar va boshqa kredit muassasalari; 
- qo’shma korxonalar, kooperativlar; 
- jamoa tashkilotlari va fondlar; 
- alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. 
Depozit operatsiyalarining obyekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul 
mablag’lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning 
asosi bo’lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi 
hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga 
oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni: 
14
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami. –
Toshkent: O’zbekiston, 2003. 92-b. 


56 
- depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda 
daromad olishga sharoit yaratishi kerak; 
- bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini 
amalga oshirish kerak; 
- depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo’yilmalarga 
e’tibor qaratish lozim; 
- depozitlarni jalb kilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog’lik 
bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar. 
Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga 
bo’linadi: 
- yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;
- jismoniy shaxslar qo’yilmalari; 
Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:
- muddatli depozit mablag’lar; 
- talab kilib olingunga qadar depozit mablag’lar; 
- aholining jamg’arma qo’yilmalari. 
Tijorat banklarining depozit siyoatini ishlab chiqish, birinchi navbatda, 
depozit siyosatining umumiy va xususiy mezonlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. 
Bunda asosiy e’tibor umumiy mezonlarni belgilab olishga karatiladi. 
Tijorat banklarida ochiladigan depozitlar (omonat)lar quyidagi turlarga 
bo’linadi: 
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar; 
Jamg’arma omonatlar; 
Muddatli omonatlar; 
Omonat sertifikatlari; 
Banklar omonatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida 
belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin