60
7-MAVZU. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR HISOBI.
Reja:
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari
2. To’lov
topshiriqnomalari
bo’yicha
hisob-kitoblarining
rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi.
3. To’lov
talabnomalari
bo’yicha
hisob-kitoblar
ularning
rasmiylashtirilishi va hisobi.
4. Akkreditivlar
bo’yicha
hisob-kitoblar,
ularning
hisobi
va
rasmiylashtirilishi.
5. Inkasso
topshiriqnomalari,
ularning
mazmuni,
hisobi
va
rasmiylashtirilishi.
6. Plastik kartochkalari bo’yicha operatsiyalarining tashkil etillishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Pul aylanmasi, naqd pul aylanmasi, naqdsiz pul
aylanmasi, tovar operatsiyalari, notovar operatsiyalari, aksept, akkreditiv, inkasso,
talabnoma, topshiriqnoma, akseptsiz to‘lovlar, aksept muddati, rejali to‘lovlar,
to‘lov topshirig‘i, inkasso topshirig‘i, hujjat rekvizitlari, hujjat nusxalari, elektron
hujjat, debet, kredit, depozit,
depozit hisobvaraq, noto‘lovlar, reyestr, kartoteka,
hujjatlar aylanishi sxemasi, kafolat, plastik kartochka, debet karta, kredit karta.
1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona
va tashkilotlarning tovar
ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga
bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini bir
hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirilishi
tushuniladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga amal
qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir:
1.
Har bir xo‘jalik subyekti o‘z pul mablag‘larini banklarda ochilgan depozit
hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o‘zaro hisob-kitoblarini
bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart.
Qaysi bankda
hisobvaraq ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar.
2.
Hisob-kitoblar to‘lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig‘iga asosan
depozit hisobvaraqdagi mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Korxona bank
kreditidan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan ham
amalga oshirilishi mumkin.
3.
Hisob-kitoblar belgilangan to‘lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
4.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlaydilar
va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo‘yishlari lozim.
5.
Tovar yetkazib beruvchi korxona hisobvarag‘iga pul mablag‘lari mazkur
mablag‘larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng
o‘tkazib beriladi.
61
6.
Avval pul to‘lanishi yoki tovar jo‘natilishini (xizmat ko‘rsatilishi)
tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya’ni avval pul to‘lab
keyin
tovarni olish mumkin, yoki aksincha, avval tovarni olib, undan so‘ng uning pulini
to‘lash mumkin.
7.
To‘lovni kafolatlash maqsadida, yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovar
yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to‘langandan
so‘nggina tovarlar jo‘natiladi yoki xizmatlar ko‘rsatiladi.
8.
Mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha nizolarga bank aralashmaydi,
nizolarni ularning o‘zlari
hal qilishlari lozim, aks holda nizolar xo‘jalik sudlari
yordamida hal qilinadi.
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
to‘g‘risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar
va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston
Respublikasi korxonalari
to‘g‘risida”gi qonunlari va Markaziy bankning O‘zbekiston hududida naqd pulsiz
hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab
chiqilgan. Lekin hozirga qadar ushbu Nizomga bir necha marta qo‘shimcha va
o‘zgarishlar kiritilgan.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali
amalga oshiriladi:
-To‘lov topshiriqnomalari;
-To‘lov talabnomalari;
-Inkasso;
-Akkreditivlar;
-Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
-Plastik kartochkalar;
-Memorial orderlar;
To‘lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar
shakli shartnoma
asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda
tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag‘larni mol
sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq
qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning
alohida shakllarining
mazmuni, ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda
rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: