78
modem aloqasi orqali jo‘natadi. Bu operatsiya bo‘yicha Bosh bankda quyidagi
buxgalteriya amallari bajariladi:
Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan
hisobvaraqlar” A filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” A bank
Hisob-kitob markazi bir tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul
mablag‘larining kamayishi bo‘yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi:
Debet 21302 TB “A”
Kredit 27416
Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘larining
ko‘payishi bo‘yicha provodka quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Debet 27416
Kredit 21302
TB “B”
Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish
va bu vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish har bir kelib tushgan
yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun
barcha to‘lov hujjatlari bir vaqtning o‘zida 27416 hisobvarag‘ining ham debeti,
ham krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Bu hol har bir operatsiya bo‘yicha va mos ravishda kun yakunlari bo‘yicha
27416 - hisobvarag‘ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi.27416 – hisob
raqamining 0 ga yopilishi tijorat banklari o‘rtasida hisob-kitoblarning
muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko‘rsatadi.
Turli tipdagi bosh tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha
chiqariladigan ko‘chirmalarda 27416 – shaxsiy hisobvaraqda va hudud ichidagi
o‘tkazmalar jurnalida aks ettiriladi.
Hisob-kitob markazidan elektron to‘lov mablag‘ oluvchi Bosh bankka
o‘tkaziladi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov Bosh bankka kelib
tushganda dasturiy yo‘l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi:
Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan
hisobvaraqlar”B filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” B bank
Dostları ilə paylaş: