Bank hisobi va audit


Kirim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
2. Kirim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va 
nazorati.
Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan banklaridagi 
tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya’ni bankka topshirilgan 
naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, topshirilgan pul summasi korxona 
hisobvarag‘iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aholidan naqd pulning 
qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi. Naqd pullarning to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi bankning pul 
muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi. 
Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib 
chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat - bu badalnoma, 
ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan 
ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o‘zi 3 qismdan iborat: 
1. Badalnomaning o‘zi. 
2. Order. 
3. Kvitansiya. 
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni 
hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob ya’ni talab 
qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima 
maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, 
pul summasi to‘liq ko‘rsatilishi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini 
esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan 


82 
badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda 
asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib 
chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi 
tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul 
qilib olgan bank xodimi uni uchala qismining bir xil, to‘liq va to‘g‘ri
to‘ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa
hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim 
jurnaliga qayd etadi. kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha 
quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi 
bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida ham topshirgan summada 
mablag‘ ortadi.
Debet 10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kredit 20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari 
Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo‘lsa, u holda quyidagi 
buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Debet 10101 –
Kredit 20208 –
Bu buxgalteriya yozuvlaridan shuni ko‘rish mumkinki, bir tomondan bank 
kassasi, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag‘i ko‘payyapti, bu 
hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining 
har ikkala ham aktiv, ham passiv tomoni bir xil summaga ortadi. 
Mijozlarga bank tomonidan kreditlar naqd pulda berilgan bo‘lsa ular albatta 
naqd pul ko‘rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan olingan kredit grafik 
asosida belgilangan muddatlarda naqd pul topshirish orqali qaytariladi. Agar 
kreditni qaytarish uchun naqd pullar bankka topshirilsa, bu operatsiya quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi. 
Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Kredit – “Mijozlarning kredit bo‘yicha tegishli hisobvarag‘i” 
Agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi naqd pulda amalga oshirilgan
bo‘lsa: 
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Kredit  16309 – “Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar”
Umumiy qilib, kassaning kirim opertsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini 
quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin