Bank hisobi va audit


Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
3. Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va 
nazorati. 
Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kassalaridan 
naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va 
tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya, boshqa 
nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. 


83 
Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka 
topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘yicha alohida moddalar, 
naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish 
haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir 
oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. 
Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa 
prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd 
pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa 
prognozlari asosida hisoblanadi. 
Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga naqd 
pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval 
korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish 
uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning 
talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining 
nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va 
buxgalterining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan 
pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, 
uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek 
daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi.
Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek 
rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu 
tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan 
so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning 
imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. 
Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, 
pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv 
o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim 
jurnalida 
sana, 
hisobvaraq 
nomeri, 
chek 
summasi, 
hisobot 
simvoli, 
korrespondensiya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi. 
Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda 
kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini 
oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport 
ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani 
mijozga sanab beradi. 
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operasiyalar bo‘yicha hujjatlarni 
o‘zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan 
hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko‘chirmalar 
chiqarib beriladi. 
Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan 
to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam 
pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan naqd pul 
to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi:
Debet  20200-“Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari” 
Kredit 10101-“Aylanma kassadagi naqd ullar” 


84 
Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq 
bankda alohida papkalarga tikiladi. Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar 
aylanishi 2-sxemasini quyida keltiriladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin