Bank hisobi va audit


Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

6. Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini 
yuritish. 
Pul almashtirish shoxobchalari har kuni ertalab operasiyalarni boshlashdan 
avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun bankning 
aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinadi. 
Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib 
kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi 
shart. 
Bank 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 
hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valuta bo‘yicha alohida, quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi: 
Debet  10109 vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 
Kredit  10101vvv – “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Qabul qilingan madad puli 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi 
naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriyasi o‘tkazmasi orqali kirim
qilinadi: 
Debet 10103vvv – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 
Kredit 10109vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari”
Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida o‘zlarining pul 
almashtirish shoxobchalarining «09009» ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan “Debet” 
va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga quyidagilarni amalga oshiradi: 
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valuta sotib olish uchun sarflangan naqd 
pulning umumiy summasiga: 
Debet 17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari” 
Kredit 10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 


87 
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valutani sotishdan tushgan so’mdagi 
naqd pulning yukxatda ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valutadagi umumiy 
summasiga: 
Debet 10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 
Kredit 17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari” 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin