90
Quyida biz xususiy korxonalarga kredit berish bo‘yicha buxgalteriya
provodkalarni ko‘rib chiqamiz. Xususiy korxonalarga xo‘jalik shirkatlari va
jamiyatlarga qisqa muddatli kredit berish uchun 13100 – “Xususiy
korxonalar,
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” nomli balans
hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqam bir qator subhisob raqamlarni o‘z
ichiga
oladi.
Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat
ko‘rsatsa, kredit summasi kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali
tegishli bankga o‘tkaziladi.
Kredit berilayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi:
Debet 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga
berilgan qisqa muddatli kreditlar”
Kredit 10301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i
yoki mahsulot sotuvchi
korxona hisobvarag‘i”
13101 – hisob raqamida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkatlar va jamoa
xo‘jaligi va shu kabi xususiy mulkchilik shakliga ega bo‘lgan korxonalarga
berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Bu hisob raqam bo‘yicha
analitik hisob har bir qarzdor va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Kredit oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga binoan
kreditni qaytarish muddatlari belgilanadi. Kreditning
qaytarish muddati
tugagandan so‘ng ssuda qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi.
Kreditni qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari quyidagicha ko‘rinishda
bo‘ladi.
Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha
saqlanadigan depozitlari”
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga
berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
Bu buxgalteriya provodkasi agar mijozning talab qilinguncha saqlanadigan
depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun yetarli pul mablag‘lari
bo‘lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun
mablag‘i yo‘q bo‘lsa, ssuda summasi 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik
shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘iga
o‘tkaziladi.
Bu operasiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi:
Debet 13105 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga
berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga
berilgan qisqa muddatli kreditlar” .
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan
so‘ng ham qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy
korxona va nodavlat
korporasiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan
kreditlar” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
91
Kreditlarning qaytishi ma’lum riskni talab qiladi. Shu sababli banklarda
kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga
va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash
zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda
bankning
xususiy firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari hamda korxonalari,
korporasiyalariga bergan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo‘lgan qismi
bo‘yicha ko’riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan
zaxiralar hisobi olib
boriladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan
korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni
qaytarish bo‘yicha operasiyalar ham xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Faqat
tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: