Bank hisobi va audit


Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: lizing buyurtmasi, lizing shartnomasi, lizing 
beruvchi, moliyaviy ijara, faktoring operatsiy, debitorlik qarzlari. 
Bozor 
munosabatlarining 
chuqurlashuvi 
va 
iqtisodiyotning 
modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy 
manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy 
ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari 
shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga: 

lizing; 

faktoring 
Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy 
hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini 
amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620-
sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 
21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni 
sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi 
lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat 
ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 

lizing buyurtmasi; 

lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma; 

lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznes-
reja; 

oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan 
qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot 
(2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi 
ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish 
dalolatnomalari. 
Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank 
o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq
lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: 
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining 
mulki bo’lib o’tsa; 


93 
b) lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 
foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan 
keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa; 
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini 
uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu 
huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi; 
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy 
summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. 
Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan 
to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi: 
 
Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan 
mablag’lar” 
 
Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” 
Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing 
beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order 
to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi:
 
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)” 
 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin