Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan 
mablag’lar” 
Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra 
lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi. 
a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: 
 
Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)” 
 
Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan 
mablag’lar” 
b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda: 
 
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)” 
 
Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)” 
Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga 
muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing 
ob’ektining qiymatiga qo’shiladi.
Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar 
hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
 
Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar” 
 
Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar 
(tegishli mos hisobvaraq)” 
Lizing ob’ektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga 
hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: 
 
Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yoki 
mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy 
summaga) 


94 
 
Kredit 15600–Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) 
(asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga); 
 
Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olish uchun 
hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga). 
Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing to’lovlarini to’lash 
shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing 
bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng 
bo’ladi. 
Lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari 
buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini 
hal etgunga qadar uni o’z balansiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali 
qabul qiladi:
 
Debet 16705–“Bankning boshqa ko’chmas mulklari” 
 
 Kredit 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)” 
Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilangan muddatda amalga 
oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida”gi Nizomga 
(ro’yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va 
aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing 
“Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan 
ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish 
to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 632, 1999 yil 11 fevral) talablaridan kelib 
chiqqan holda tasniflanadi.
Amaliyotda tijorat banklari ham ayrim asosiy vositalarni lizingga olishi 
mumkin. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham 
majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya 
o’tkazmasi bajariladi: 
 
Debet16515–“Ob’ektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish 
huquqi” 
 
Kredit 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning 
tegishli mos hisobvarag’i” 
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so’ng keyingi 
hisob majburiyat bo’yicha asosiy qarz summasini va lizing bo’yicha foizlar to’lash 
hisobini yuritishdan iborat.
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to’lovlari jadvaliga muvofiq lizing 
bo’yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari 
beriladi: 
 
Debet 54198–“Boshqa banklardan olingan lizing bo’yicha foizli 
xarajatlar” yoki 54199–“Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing 
bo’yicha foizli xarajatlar” 
 
Kredit 22408 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha hisoblangan 
foizlar” 
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to’lovlari to’langanda quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi: 


95 
 
Debet 22408 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha hisoblangan 
foizlar”
 
Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlar-
ning tegishli mos hisobvarag’i” 
 
Kredit – “Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit 
hisobvarag’i” 
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing ob’ekti bo’yicha amortizatsiya 
ajratmalari “O’zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya 
hisobi to’g’risida Yo’riqnoma” (ro’yxat raqami 1434, 2004 yil 17 dekabr) talablari 
asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
 
Debet 56626–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish 
huquqi bo’yicha eskirish summasi” 
 
Kredit 16519–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish 
huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” 
Lizing ob’ektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan 
qonunchilikda o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Lizing ob’ektini lizing 
oluvchi bankka o’tkazish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali amalga 
oshiriladi:
 
Debet 16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaraq)” 
 
Debet 16519–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish 
huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” 
 
Kredit 16515–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish 
huquqi” 
 
Kredit 
165xx–“Yig’ilgan 
eskirish summasi (tegishli mos 
hisobvaraq)” 
Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing ob’ektining 
sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan 
bo’lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi: 
 
Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlar” 
 
Kredit –“Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit 
hisobvarag’i” 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin